Dario Fo
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dario Luigi Angelo Fo (1926-yil 24-mart — 2016-yil-13-oktyabr) — italiyalik dramaturg, aktyor, teatr rejissyori, sahna rassomi, qoʻshiqlar muallifi, Italiya chap qanot partiyasining siyosiy targʻibotchisi va 1997-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati edi[2]. Oʻz davrida u „jahon teatrida asarlari eng koʻp ijro etilgan zamonaviy dramaturg“ boʻlgan edi[3]. Uning dramatik asarlarining aksariyati improvizatsiyaga bogʻliq boʻlib, teatrning „noqonuniy“ shakllarini masalan, giullari (oʻrta asrlarga xos yoʻnalish)[4] va eng mashhuri, qadimgi italyan commedia dell’arte uslublarini tiklashga asoslangan[5].
Dario Fo | |
---|---|
Asl ismi | Dario Luigi Angelo Fo |
Tavalludi |
1926-yil, 24-mart Leggiuno, Sangiano, Varese, Italiya |
Vafoti |
2016-yil, 13-oktabr Milan, Italiya |
Ijod qilgan tillari | Italyan tili[1] |
Fuqaroligi | Italiya |
Faoliyat turi | Ssenariynavis, aktyor, rejissyor, kompozitor |
Janr | Drama |
Mukofotlari |
Nobel Prize in Literature, 1997 |
Veb-sayti | |
www.dariofo.it |
Uning pyesalari 30 ta tilga tarjima qilingan va butun dunyoda, jumladan Argentina, Bolgariya, Kanada, Chili, Eron, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya, Janubiy Afrika, Janubiy Koreya, Ispaniya, Shri-Lanka[6], Shvetsiya, Buyuk Britaniya[7], AQSH[8] va Yugoslaviyada sahnalashtirilgan[9][10]. Uning 1960, 1970 va 1980-yillardagi ishlari suiqasdlar, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, irqchilik, Rim-katolik ilohiyotshunosligi va urush tanqid qilingani bilan ajralib turadi. 1990 va 2000-yillar davomida u Forza Italia va uning rahbari Silvio Berlusconini ijodiy tanqid qilib kelgan. 2010-yillarda esa, u European sovereign debt crisis (Yevropa suveren qarz inqirozi) sharoitida banklardagi vaziyatlarni yoritishga harakat qilgan. Shuningdek, 2010-yillarda u Beppe Grillo boshchiligidagi „Five Star Movement“ harakatining asosiy mafkurachiga aylandi[11], bu harakat aʼzolari uni „Master“ (ustoz, usta) deb atalgan.
Foning „Mistero Buffo“ deb nomlangan va Yevropa, Kanada va Lotin Amerikasi boʻylab 30 yil davomida namoyish etilgan, pièce célèbre urushdan keyingi Yevropa teatridagi eng bahsli va mashhur tomoshalardan biri sifatida tan olingan va kardinal Ugo Poletti va kardinal Vicar tomonidan Rim yeparxiyasi uchun „televidenie tarixidagi eng kufrli shou“ sifatida qoralangan[2][12]. Asardagi Non Si Paga! Non Si Paga! jumlasining (Toʻlay olmaysizmi? Toʻlamang!) ingliz tilidagi tarjimasi faol ravishda qoʻllana boshladi[13]. „Pyesa ishchilar sinfining harakatlari va reaksiyalaridagi universal jihatlarni aks ettiradi“.
Uning 1997-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini olishi „XX asr jahon teatridagi asosiy shaxs sifatida Foning xalqaro eʼtirofini“ belgilab berdi[14]. Shvetsiya akademiyasi Foni „hokimiyatni soʻz bilan savalab, ezilganlarning qadr-qimmatini himoya qilishda oʻrta asrlarning hazil-mutoyibalariga xos ravishda taqlid qiluvchi“ yozuvchi sifatida eʼtirof etgan[15]. F teatr kompaniyasiga egalik qilgan va uni boshqargan. Fo eʼtiqod jihatdan ateist edi[16].