Buyuk depressiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Buyuk Depressiya — 1929-yil 24-oktyabrda AQShda fond bozorining qulashi bilan boshlangan va 1939 — yilgacha davom etgan global iqtisodiy inqiroz [1][2] (eng keskin davr 1929—1933 yillarni oʻz ichiga oladi). 1930-yillar odatda Buyuk Depressiya davri hisoblanadi.
Buyuk Depressiya | |
---|---|
Dorothea Lange Muhojir ona surati,1936-yil mart oyida Nipomoda, Kaliforniyada olingan). Suratdagi ayol o‘ttiz ikki yoshda Florens Wuens Thompson | |
Lange-MigrantMother02.jpg | |
Boshlanish sanasi | 1939 yil (Ikkinchi jahon urushining boshlanishi). |
Buyuk depressiya |
Buyuk Depressiya AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaga eng jiddiy taʼsir koʻrsatdi, ammo boshqa davlatlarda ham sezildi. Sanoat shaharlari eng ko‘p zarar ko‘rdi, bir qator mamlakatlarda qurilish deyarli to‘xtadi. Talabning qisqarishi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi 40-60 foizga arzonlashdi.
Rossiya tarixshunosligida „Buyuk depressiya“ atamasi koʻpincha AQShdagi iqtisodiy inqirozga nisbatan qoʻllaniladi. Bunga parallel ravishda jahon iqtisodiy inqirozi atamasi ishlatiladi.[3][4]