Buxoro operatsiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Buxoro bosqini yoki Buxoro operatsiyasi — M. V. Frunze qoʻmondonligidagi (9 mingga yaqin kishi) Turkiston fronti Qizil Armiya qismlarining Yosh buxoroliklar va buxorolik kommunistlar harakati (5 mingga yaqin) koʻmagida Buxoro amirini agʻdarish maqsadida 1920-yil 2-sentyabrdagi urushi. Amir qoʻshini (16 ming kishi) asosiy kuchlar va alohida otryadlar — Xatirchi va Karmana bilan Eski Buxoro hududini egallaydi. Taxtiqoracha dovoni, Shahrisabz va Qarshida Buxoro beklarining otryadlari (27 mingdan ortiq kishi) faoliyat yuritgan. 23-avgustda Yosh buxoroliklar va buxorolik kommunistlar Chorjoʻy bekligida qoʻzgʻolon koʻtarib, Turkiston Sovet Respublikasiga yordam soʻrab murojaat qilganlar. Buxoro operatsiyasi 29-avgustda Sovet qoʻshinlari tomonidan Eski Chorjoʻy qoʻzgʻolonchilari bilan birgalikda bosib olinishi bilan boshlanadi. Chorjoʻyda tuzilgan inqilobiy qoʻmita Buxoro aholisini amirlikka qarshi kurashga chaqirgan. 2-sentyabrda Buxoroni tutun qoplagan, 1920-yil 8-oktyabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi.
Buxoro operatsiyasi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Rossiyada fuqarolar urushi | |||||||
Xarita (rus tilida) | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Buxoro amirligi Bosmachilar |
RSFSR Yosh buxoroliklar Buxorolik bolsheviklar | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Amir Olimxon | Mixail Frunze | ||||||
Kuchlar | |||||||
16 000 nayza va otliq askar 20 ta pulemyot 55 yirik oʻqotar qurol |
12 000 ga yaqin kishi 230 pulemyot 40 ta yirik oʻqotar qurol 5 ta zirhli poyezd 11 ta samolyot 8 ta zirhli arava 5000 ga yaqin kishi | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
3000—5000 kishi[1] | 3500 kishi[1] |