Birinchi Shlezvig urushi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Birinchi Shlezvig urushi (nemischa: Schleswig-Holsteinischer Krieg) Daniya janubi va Germaniya shimolidagi Shlezvig-Golshteyn hududlarida yuz bergan mojaro boʻlib, nemis tilida soʻzlashuvchi Shlezvig, Golshteyn va Lauenburg gersogliklarini kim nazorat qilishi ustidan kelib chiqqan. Oxir oqibat, Daniya buyuk davlatlarning diplomatik yordami bilan gʻalaba qozongan.
Birinchi Shlezvig urushi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Shahzoda Noer Eduard fon Bonin Fridrix fon Vrangel Eduard fon Fransekki Karl Vilgelm fon Villesen Albert Ernest II |
Fridrix VII Kristian de Maza Gerxard Kristof fon Krog Fridrix Adolf fon Shrepperegel Olaf Rye | ||||||
Kuchlar | |||||||
Germaniya Konfederatsiyasi Prussiya Qirolligi Saksoniya Qirolligi Hannover Qirolligi Shlezvig-Golshteyn Meklenburg-Shvern |
Daniya Qirolligi Ko'ngillilar: Shvetsiya-Norvegiya Qirolligi Qo'llab-quvvatlagan: Rossiya Imperiyasi Buyuk Britaniya Fransiya |
Mojaro Daniyada Uch yillik urush (Treårskrigen)[1] nomi bilan ataladi. Bu Daniya milliy tarixidagi muhim voqealardan biri hisoblanadi. Germaniyada urush Shlezvig-Golshteyn urushi (nemischa: Schleswig-Holsteinischer Krieg) va Shlezvig-Golshteyn qoʻzgʻoloni (nemischa: Schleswig-Holsteinische Erhebung) deb ham ataladi.
1848-yil mart oyida Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgning nemis aholisi Daniya qiroli boʻlgan gersogiga qarshi isyon koʻtardi (Daniya Qiroli bir vaqtning oʻzida Shlezvig gersogi ham edi). Ular muvaqqat hukumat va armiya tuzdilar. Golshteyn va Lauenburg Germaniya Konfederatsiyasiga aʼzo davlatlar boʻlganligi sababli, Konfederatsiya oʻz nizomiga koʻra isyonchilarni qoʻllab-quvvatlagan. Buni Germaniya markaziy hukumati (1848-1851-yillarda Konfederatsiya oʻrnida mavjud boʻlgan federal davlat) ham davom ettirdi. Nemis qoʻshinlarining katta qismini Prussiya askarlari tashkil etgan.
Daniyani buyuk davlatlar, xususan, Angliya va Rossiya qoʻllab-quvvatladi. Urush 1848-yil avgustda Malmyo sulh shartnomasi bilan toʻxtatildi, ammo 1849-yil fevralda Daniya yana hujum boshladi.
1850-yil yozida Prussiya armiyasi orqaga qaytishga majbur boʻldi. 1851-yil 1-aprelda Shlezvig-Golshteyn armiyasi tarqatib yuborildi. 1852-yilgi London protokoli mojaroning yakuniy yechimi boʻldi. Buyuk davlatlar Daniya qirolini Shlezvig gersogi deb tasdiqladilar, lekin gersoglik Daniyadan mustaqil boʻlib qolishlari kerakligini ham eʼlon qildilar.