Bayrut
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bayrut (arabcha: ) — Livan Respublikasining poytaxti. Oʻrta dengizning sharqiy sohilidagi sertepa yarim orolda joylashgan port. Iqlimi subtropik; yozi issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 14°, avgustniki 28°; oʻrtacha yillik yogʻin 900 mm. Aholisi 1,5 mln. kishi (1990, shahar atrofi bilan).
Bayrut
| |
---|---|
Nickname: Sharqning Pariji[1] | |
Motto(s): | |
Koordinatalari: 33°53′53″N 35°30′21″E | |
Davlat | Livan |
Gubernatorlik | Bayrut |
Hukumat | |
• Gubernator | Marwan Abboud |
• Mayor | Abdallah Darwish |
Hudud | |
• Umumiy | 67 km2 (30 sq mi) |
Aholisi (2017) | |
• Umumiy | tax. 433 249 |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
• Yoz (DST) | EET |
Hudud kodi | +961 (01) |
ISO 3166 kodi | LB-BA |
Bayrut miloddan avvalgi XVIII asrda Beruta, Berit deb atalgan. Misr qoʻl ostida (miloddan avvalgi XV asrgacha), soʻngra xettlarga (miloddan avvalgi XIV asr), ossuriyaliklarga tobe boʻlgan. 635-yil arab xalifaligi tarkibiga kiritilgan. Bayrutni 1110-yilda salib yurishi qatnashchilari egalladi. XIV-XV asrlarda mamluklar qoʻl ostida boʻldi. 1516-yilda esa turklar tasarrufiga oʻtdi. Livan amiri Faxruddin II (1584 — 1635) zamonida rasman mustaqil davlatning markazi edi. XVII-XVIII asrlarda Bayrutni Livan amirlari hamda turk voliylari idora qildi. 1860-yil avgustda fransuzlar bosib oldi. 1920-yil 1-sentabrdan fransuzlar mandati ostida „Ulugʻ Livan davlati“, 1926-yildan Livan Respublikasining (1943-yil noyabrgacha fransuz mandati ostidagi) markazi. XX asrning 30 — 50-yillarida Bayrut Livandagi milliy ozodlik harakatining eng yirik markazlaridan biri boʻldi. 1943-yildan mustaqil Livan poytaxti.
Bayrut—yirik port, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Yakin va Oʻrta Sharqhamda Yevropa mamlakatlarining tranzit savdolari Bayrut orqali oʻtadi. Mamlakatning savdomoliya markazi. Davlatning 60% sanoat korxonalari shu yerda joylashgan. Toʻqimachilik, trikotaj, koʻn, oziq-ovqat (tamaki va boshqalar), metallsozlik sanoati tarmoqlari rivojlangan. Bayrut orqali chetga sitrus mevalari, olma, zaytun moyi, xom ipak, jun chiqariladi.
Bayrutda meʼmoriy yodgorliklardan Jome al-Umariy masjidi (1291-yilda qayta qurilgan), „Saroy masjidi“ (XVI asr boshi) va boshqa saqlangan. Bayrut asosan zamonaviy shahar; koʻp qavatli uylar, mehmonxona, bank va boshqa qurilgan. Bayrut markazida 3 katta maydon boʻlib, boshqa shaharlarga boradigan yoʻllar shu yerdan boshlanadi. Bayrutda universitetlar, Milliy kutubxona, Katta meʼmoriy muzey (sanʼat tarixi), Sursok muzeyi (zamonaviy sanʼat), kollejlar va boshqa bor.