Baskin Robbins
From Wikipedia, the free encyclopedia
Baskin-Robbins — Amerikaning xalqaro muzqaymoq va maxsus tortlar doʻkon tarmogʻI boʻlib, u Inspire Brands kompaniyasiga tegishli. Massachusetts shtati Kantonda joylashgan Baskin Robbins 1945-yil Burt Baskin va Irv Robbins tomonidan Kaliforniyaning Glendale shahrida tashkil etilgan.[1] U dunyodagi eng yirik muzqaymoq ixtisoslashtirilgan doʻkonlar tarmogʻi boʻlib, 8000 dan ortiq manzilga ega, jumladan, Qoʻshma Shtatlarda 2500 ga yaqin va boshqa mamlakatlarda 5000 dan ortiq doʻkonlar mavjud. Baskin-Robbins 50 ga yaqin mamlakatda muzqaymoq sotadi. Kompaniya oʻzining „31 taʼm“ shiori bilan mashhur boʻlib, mijoz har oyning har kuni boshqacha taʼmga ega boʻlishi mumkin degan fikrga ega. Bu shior 1953-yilda Carson-Roberts reklama agentligidan (keyinchalik Ogilvy & Matherga birlashgan) chiqqan. Baskin va Robbins odamlar sotib olmoqchi boʻlgan taʼmni topmaguncha bepul tatib koʻrishlari kerak deb hisoblashgan.
Turi | ice cream parlor chain |
---|---|
Tarmogʻi | Ovqat va ichimliklar tarmog'i |
Egasi | Inspire Brands |
Shiori | 31 ta'm |
Qachon asos solingan | 1945-yil |
Joylashuvi | 130 Royall Street, Canton, Massachusetts |
Asoschi(lari) |
Burt Baskin Irv Baskin |
Mahsulot(lar)i |
Muzqaymoq Yaxna ichimliklar Muzqaymoqli tortlar |
Daromadi | 160 million$ (2019) |
Vebsayti | baskinrobbins.com |
Kompaniya 1945-yildan beri 1300 dan ortiq turli taʼmlarni ishlab chiqardi, jumladan, 2019-yilda vegan va sutsiz taʼmlar qoʻshildi. Kompaniya 2004-yildan beri Massachusets shtatining Kanton shahrida joylashgan.