Badshahi masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Badshahi masjidi (urdu: بادشاہی مسجد) – Pokistonning Panjob provinsiyasining markazi Lohur shahridagi Mugʻil davriga oid jamoat masjidi[1][2]. Masjid Lahor qal’asining roʻparasida Devorli shaharning chekkasida joylashgan boʻlib, u Lahorning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi[3].
Badshahi masjidi | |
---|---|
urdu: بادشاہی مسجد | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Masjid |
Shahar | Lohur |
Mamlakat | Pokiston |
Koordinatalar | 31°35′17″N 74°18′34″E G O |
Qurilishi boshlangan | 1671-yil |
Qurilishi tugagan | 1673-yil |
Badshahi masjidi |
Badshahi masjidi 1671—1673-yillarda va Mugʻil imperatori Aurangzeb tomonidan qurilgan. Masjid Mugʻil meʼmorchiligining yorqin namunalaridan biri hisoblanib, tashqi koʻrinishi marmar bilan oʻyilgan va qizil qumtosh bilan bezatilgan. Bu Mugʻil davrining eng katta masjidi boʻlib, Pokistondagi uchinchi yirik masjiddir hisoblanadi[4]. 1799-yilda Sikx imperiyasining Ranjit Singh hukmronligi davrida masjid hovlisi otxona, hujralari askarlar turar joyi sifatida ishlatilgan. Britaniya imperiyasi Lahor boshqaruvini qoʻlga kiritganda olganida Badshahi masjidi 1846-yildan 1852-yilgacha garnizon sifatida ishlatilgan. Keyinchalik, masjid ibodat joyi sifatida qayta tiklanishini nazorat qilish uchun Badshahi masjidi maʼmuriyati tashkil etildi. Hozirgi kunga kelib Badshahi masjidi Pokistonning eng diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi[5].