Avstraliya dollari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Avstraliya dollari (belgisi: $; kod: AUD) — Avstraliya Hamdoʻstligining valyutasi, jumladan Rojdestvo orollari, Kokos va Norfolk orollari, shuningdek, Tinch okeanining mustaqil davlatlari Kiribati, Nauru va Tuvaluda amal qiladi. 100 sentga bo'lingan. Odatda dollar belgisi ($) bilan qisqartiriladi, ammo boshqa belgilar ham mavjud: A$, $A, AU$ va $AU.
Avstraliya dollari dunyodagi oltinchi eng ko'p sotiladigan valyutadir (AQSh dollari, yevro, iyena, funt sterling va Shveysariya frankidan keyin)[1], jahon valyuta operatsiyalarining 5% ni tashkil qiladi. Valyuta savdogarlari orasida mashhurlik Avstraliyadagi yuqori foiz stavkasi, valyuta bozorining davlat aralashuvidan nisbiy erkinligi, Avstraliya iqtisodiyoti va siyosiy tizimining umumiy barqarorligi bilan bog'liq[2].
Banknotlarni ishlab chiqarish uchun 1988-yildan beri qog'oz emas, balki maxsus yupqa plastmassa ishlatila boshlandi.