Ardabil
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ardabil (forscha: اردبیل) (Ardubiyl) — Eronning shimoli-sharqidagi shahar. Aholisi 290 ming kishi atrofida. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Ardabilda qadimdan gilam toʻqiladi. Shaharda Ozarbayjon meʼmorchiliginining 14-17-asrlarga oid noyob obidalari namunasi saqlangan. Ardabil yaqinida mineral buloqlar bor. Ardabilning qachon bunyod etilgani maʼlum emas. Shahar haqida dastlabki maʼlumot sosoniylarning soʻnggi vakillari davriga mansub adabiyotlarda uchraydi. Oʻrta asrlarda, ayniqsa 9 — 10-asrlarda Ozarbayjonning yirik savdo — hunarmandchilik va madaniyat markazi edi; ayrim davrlarda kichikroq, mustaqil xonliklar poytaxti boʻlgan. 1220-yilda moʻgʻul bosqinchilari tomonidan vayron qilingan.
Ardabil forscha: اردبیل | |
---|---|
Shahar | |
Yuqoridan pastga: Shaharning yuqoridan koʻrinishi, Shayx Safiiddin Ardabiliy ziyoratgohi, Shoh Ismoil Safaviy haykali, Aminiddin Jabroil maqbarasi, Shorabil koʻli, Yettikoʻz koʻprigi. | |
38°15′06″N 48°17′51″E G O | |
Mamlakat | Eron |
uston | Ardabil |
shahriston | Ardabil |
baxsh | Markaziy tuman |
Hukumat | |
• Hokim | Mahmud Safariy[1] |
Maydon | 18.011 km2 (6.954 mi²) |
Markazi balandligi | 1351 m |
Rasmiy til(lar)i | fors tili |
Aholisi (2016) |
529 374[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
Telefon kodi | +98 45 |
Pochta indeks(lar)i | 56131-56491 |
13-asr oxiriga kelib Ardabilda Safaviylar darveshlik tariqati vujudga kelgan. Safaviylarning Ardabil shayxligi Safaviylar davlatining vujudga kelishiga asos boʻldi. Ardabilda mahobatli shayx Safi maqbarasi meʼmoriy majmuasi (16 — 17-asrlar) saqlangan: katta bogʻga (uzunligi 120 m) peshtoqli darvoza (1648, ardabillik Ismoil tomonidan ishlangan) orqali kiriladi; kichik hovli, undan 8 burchakli masjidi bor (13-asr) katta hovliga oʻtiladi va toʻgʻri burchakli ziyoratgoh masjidi, unga silindrik gumbazli, uzluksiz naqshinkor shayx Safi maqbarasi va 8 burchakli Chinnixona binosi tutashib ketgan.