Aon Center (Chikago)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aon Center (Amoco Building)[2] – Qoʻshma Shtatlarning Chikago shahri sharqida joylashgan osmonoʻpar bino. Ushbu bino 1973-yilda[3] Edvard Durell Stoun, The Perkins va Will meʼmorlik firmalari hamkorligida Standard Oil Building binosi sifatida[4] qurib bitkazilgan. Ushbu bino 83 qavatli boʻlib, balandligi 346 metrni tashkil etadi. Aon Center Chikagodagi toʻrtinchi eng baland bino boʻlib, balandligi boʻyicha Willis Tower, Trump International Hotel and Tower va Sent-Regis Chicagodan baland hisoblanadi.
Aon Center | |
---|---|
Aon Center | |
Umumiy maʼlumot | |
Qurilishi boshlangan | 1970-yil |
Qurilishi tugagan | 1973-yil |
Narxi | 120 million dollar |
Egasi |
Mark Karasick Victor Gerstein[1] |
Dizayn va konstruksiya | |
Asosiy pudratchilar | Turner Construction |
Aon Center (Chikago) |
Aon Center shuningdek, Aon kompaniyasining bosh qarorgohi va Kraft Heinzning bosh qarorgohlaridan biri (ikkinchisi Pitsburgda) va Amoko BP tomonidan sotib olinishidan oldin sobiq jahon shtab-kvartirasi bo’lgan[5][6][7][8].
Bino qisqa vaqt ichida Chikagodagi eng baland bino sifatida eʼtirof etilgan. Aon Building binosida qurilish tugallangandan soʻng dunyodagi toʻrtinchi eng baland binoga aylandi.