Anna Lynne McCord
From Wikipedia, the free encyclopedia
AnnaLynne McCord (1987-yil 16-iyulda tugʻilgan)[1] - amerikalik aktrisa va model. Vixen tipidagi rollarni ijro etishi bilan tanilgan[2]. McCord ilk bor 2007-yilda Nip/Tuck FX teleserialidagi makkor Eden Lord va MyNetworkTV telenovellasida erka Loren Wakefield rollarida muhlislarga tanila boshlagan. 2008-yilda u The CW serialida antiqahramon Naomini Clark rolini ijro etadi. Dastlab, McCord oʻynagan roli yordamchi rol sifatida oʻylab topilgan, biroq birinchi mavsumning oxiriga kelib muhlislar va ommaviy axborot vositalari tomonidan McCordni serialning yetakchi roli sifatida koʻra boshlagani sabab, serialda uning roli qayta koʻrib chiqildi[3][4]. Naomini Clark roli uchun u “Teen Choice” mukofotiga nomzod boʻlgan va 2009-yilda “Hollywood Life Young Hollywood Superstar of Tomorrow” mukofotini olgan. Aktyorlikdan tashqari, u boʻsh vaqtlarida xayriya ishlariga ham hissa qoʻshadi. 2009-yilda u "Look to the Stars" tashkiloti tomonidan aktyorlik bilan shugʻullanib turgan va xayriya tashkilotlari bilan koʻplab ishlarga qoʻl urgan eng kuchli, ayol xayriyachi deb topildi. "TV yulduzi" nominatsiyasida mukofot oldi[5]. Uning 2012-yilda suratga olingan “Excision” filmidagi bezovta va xayolparast oʻsmir sifatidagi navbatdagi roli koʻpchilik tomonidan olqishlandi. "Excision" filmidagi roli uchun McCord 2012-yilda "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida gʻolib chiqdi. Shuningdek, "Excision" filmidagi roli uchun u 2013-yilda "Fangoria Chainsaw" tashkiloti tomonidan ham "Eng yaxshi ikkinchi aktrisa" (ikkinchi oʻrin)ni egalladi.