Al Capone
From Wikipedia, the free encyclopedia
Alphonse Gabriel Capone[2] (1899-yil 17-yanvar — 1947-yil 25-yanvar), shuningdek „Scarface“ taxallusi bilan ham tanilgan, amerikalik gangster va tadbirkor. 1925-yildan 1931-yilgacha Chicago Outfit boshligʻi. Capone 33 yoshida 7 yillik qamoq jazosiga tortilishi bilan, jinoyatchilik olamidagi hukmronligi oʻz nihoyasiga yetadi.
Al Capone | |
---|---|
Al Caponening 1930-yildagi tasviri | |
Tavalludi |
17-yanvar 1899-yil (1899-01-17) (125 yosh) |
Vafoti |
25-yanvar 1947-yil(1947-01-25) (48 yoshda) Palm oroli, Florida, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh[1] |
Kasbi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Mae Coughlin (turm. 1918) |
Bolalari | 1 ta |
Otasi | Gabriele Capone |
Onasi | Tereza Capone |
Laqablari:
| |
Imzosi | |
Izohlar | |
Qabri Karmel togʻi qabristoni, Hillside, Illinoys, AQSH |
Capone 1899-yilda Nyu-Yorkda italiyalik muhojirlar oilasida tugʻilgan. Oʻsmirlik chogʻida Five Points Gangga qoʻshilgan va foxishaxonalar faoliyati bilan shug'ullanuvchi uyushgan jinoyatchilik faoliyatini boshlagan.
Capone turli xayriya tashkilotlariga xayr-ehson qilgan va koʻpchilik nazdida „zamonaviy Robin Gud“ sifatida koʻrilgan[3]. Biroq, sevishganlar kunida amalga oshirgan qirgʻini sababli, jamoatchilar orasida obroʻsiga putur yetadi. Bu holatdan soʻng, nufuzli shaxslar hukumatdan unga qarshi chora koʻrishni talab qilishgan, hamda gazetalarda „1-sonli xalq dushmani“ deb nomlangan sarlavha ostida maqola chop etilgan.