Actium jangi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Actium jangi Oktavian boshchiligidagi dengiz floti va Mark Antoni va Kleopatra VII Filopatorning birlashgan flotlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan dengiz jangi edi. Jang miloddan avvalgi 31-yil 2-sentabrda Ion dengizida Gretsiyadagi sobiq Rim koloniyasi Aktium yaqinida boʻlib oʻtdi. Bu jang Oktavian va Antoni oʻrtasidagi oʻn yillik raqobatning eng yuqori nuqtasi boʻldi.
Actium jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Castro_Battle_of_Actium.jpg Actium jangining anaxronistik barokko tasviri. Muallif: Laureys a Kastro. 1672-yil | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Oktavianni qoʻllagan rimliklar | Antoniyni qoʻllagan rimliklar Misr Ptolomeylari | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Oktavian Mark Agrippa Lucius Arruntius Marcus Lurius |
Mark Antoniy Gaius Sosius Lucius Gellius Poplicola Kleopatra | ||||||
Kuchlar | |||||||
400 galleylar (kichik harbiy kema)[1][2][3][4][5][6][7] 3000 kamonchilar 16000 dengiz piyodalari |
250 ta katta galleylar[1][2][3][4][5][6][7] 30-50 harbiy texnokalar 20000 dengiz piyodalari 2000 kamochilar | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
taxminan 2500 askar halok boʻldi | 5000 atrofida qurbonlar 250 kema choʻktirildi yoki asir olindi |
Miloddan avvalgi 31-yil boshida Antoni va Kleopatra Yunonistonda vaqtincha joylashgan edi. Mark Antoniy 500 ta kema va 70 000 piyoda askarga ega boʻlib, Actiumda harbiy lager qurdi. Oktavian 400 ta kema va 80000 piyoda askar bilan shimoldan kelib, Patre va Korinfni egallab oldi. U yerda Mark Agrippa yordami bilan Antoniyning Misr janubidagi Peloniya bilan aloqasini uzishga muvaffaq boʻldi. Oktavian Gretsiyada dastlabki gʻalabani qoʻlga kiritdi. U yerda uning floti Mark Agrippa qoʻmondonligi ostida Adriatika dengizi orqali qoʻshinlarni muvaffaqiyatli olib oʻtdi. Oktavian Yunonistonning materik qismiga, Korsira orolining (zamonaviy Korfu) qarama-qarshi tomonida toʻxtadi va quruqlikdan janubga yoʻl oldi.
Quruqlikda ham, dengizda ham tuzoqqa tushib qolgan Antoniy armiyasining bir qismi tashlab ketib, Oktavian tomoniga qochib ketdi va bu Oktavian kuchlari jangga tayyorgarlik koʻrishi uchun qulay boʻldi.[8] Antoni floti dengiz blokadasidan chiqishga urinib, Gretsiyaning gʻarbiy qirgʻogʻidagi Actium koʻrfazi orqali suzib oʻtdi. Aynan oʻsha yerda Antoni floti Gay Sosius va Agrippa boshchiligidagi kichikroq, manevr qilish qobiliyatiga ega boʻlgan flotga duch keldi.[9] Antoni va uning qolgan qoʻshinlari yaqin orada kutib turgan Kleopatra flotining sa'y-harakatlari tufayli saqlanib qoldi.[10] Oktavian ularni ta'qib qilib, miloddan avvalgi 30-yilning 1-avgust kuni Iskandariyada ularning kuchlarini magʻlub etdi. Shundan soʻng Antoni va Kleopatra oʻz joniga qasd qilishdi.
Oktavianning gʻalabasi unga Rim hukmronliklari ustidan oʻz hokimiyatini mustahkamlashga imkon berdi. U Princeps ("birinchi fuqaro") unvonini qabul qildi va miloddan avvalgi 27-yilda Rim Senati tomonidan Avgust ("xurmatli") unvoniga sazovor boʻldi. Bu keyinchalik mashhur nomga aylandi. Avgust sifatida u qayta tiklangan respublika rahbarining huquqlarini saqlab qoldi. Ammo tarixchilar odatda uning hokimiyatni mustahkamlashi va sharafli belgilarning qabul qilinishini Rim Respublikasining tugashi va Rim imperiyasining boshlanishi deb hisoblashadi.[11]