Abraham Lincoln
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abraham Lincoln (talaffuzi: Eybreham Linken; 12-fevral 1809-yil — 15-aprel 1865-yil) amerikalik huquqshunos va davlat arbobi boʻlib, 1861-yildan to oʻldirilishiga (1865-yil) qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 16-prezidenti lavozimini bajargandir. Lincoln mamlakatni Amerika fuqarolar urushi davomida boshqargan hamda prezidentlik davrida Birlikni saqlab qolishga, AQSh hududida qullikni bekor qilishga, federal boshqaruv ustidan markaziy nazoratni kuchaytirishga va AQSh iqtisodiyotini modernizatsiyalashga erishgan.
Abraham Lincoln | |
---|---|
Lincoln portreti (1863-yil noyabr) | |
16-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 4-mart 1861-yil – 15-aprel 1865-yil | |
Vitse-prezident |
|
Oʻtmishdoshi | James Buchanan |
Vorisi | Andrew Johnson |
Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar Palatasi aʼzosi (Illinois shtati 7-okrugdan) | |
Mansab davri 4-mart 1847-yil – 3-mart 1849-yil | |
Oʻtmishdoshi | John Henry |
Vorisi | Thomas L. Harris |
Illinois Vakillar Palatasi aʼzosi (Sangamondan) | |
Mansab davri 1-dekabr 1834-yil – 4-dekabr 1842-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-fevral 1809-yil Hodgenville, Kentucky, AQSh |
Vafoti |
15-aprel 1865-yil(1865-04-15) (56 yoshda) Vashington, AQSh |
Fuqaroligi |
AQSh San Marino (faxriy)[1] |
Siyosiy partiyasi |
|
Boʻyi | 193 sm[2] |
Turmush oʻrtogʻi |
Mary Todd (turm. 1842) |
Bolalari | Edward Baker Lincoln, Tad Lincoln, Robert Todd Lincoln, William Wallace Lincoln |
Ota-onasi |
Thomas Lincoln Nancy Hanks |
Kasbi |
|
Imzosi |
Lincoln Kentucky shtatida qashshoq oilada tugʻilgan, bolalik yillari esa asosan Indiana shtatida oʻtgan. U kollejga bormagan, oʻzi oʻqib, huquqshunos boʻlgan. Shuningdek, Whig Party yetakchisi, Illinois shtati vakili va Illinois shtatidan kongressmen lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1849-yilga kelib, huquqshunoslik faoliyatiga qaytadi. 1854-yilda yana siyosatga qaytdi va yangi tashkil etilgan Respublikachilar partiyasi yetakchisi boʻldi. U 1858-yilda Stephen Douglasga qarshi munozaralar ortidan obroʻ qozondi. Lincoln 1860-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodligini ilgari surdi va gʻalaba qozondi. U AQSh hududida qullikni bekor qildi. Quldorlikni yoqlagan janubiy shtatlar Birlikdan ajralib chiqishni boshlashdi. Mustaqilligini taʼminlash maqsadida janubiy shtatlar tomonidan tuzilgan Konfederativ Shtatlar Janubdagi AQSh forti boʻlmish Fort-Samterga hujum qildi. Lincoln esa qoʻzgʻolonni bostirish va Birlikni tiklash uchun kuchlar kiritib, janubiy shtatlar qoʻshinini tor-mor etdi.
Lincoln 1864-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, gʻalaba qozondi va ikkinchi muddatga saylandi. 1865-yilning 14-aprelida Appomattoxdagi urush nihoyasiga yetganidan bir necha kun oʻtgach, Lincoln rafiqasi Mary bilan Vashingtondagi Ford teatrida spektakl tomosha qilayotganida Konfederativ Shtatlarga xayrixoh boʻlgan John Wilkes Booth tarafidan otib oʻldirildi. Lincoln AQSh qahramoni oʻlaroq yodga olinib, koʻpincha AQSh tarixidagi eng buyuk prezident sifatida eʼtirof etiladi.