Yevropol
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yevropol (inglizcha: Europol Yevropa Ittifoqining Gaaga shahrida joylashgan politsiya xizmatidir. Xizmatning asosiy vazifalari xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha milliy xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va milliy politsiya xizmatlari o‘rtasida axborot almashinuvini takomillashtirishdan iborat. Yevropol faoliyatining asosiy yoʻnalishlari qatoriga terrorizm, noqonuniy qurol savdosi, giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi, bolalar pornografiyasi va pul yuvishga qarshi kurash kiradi.
Qisqartma | Yevropol |
---|---|
Turi | Yevropa Ittifoqi agentligi |
Ishga tushgan sanasi | 1-oktyabr 1998-yil |
Joylashuvi | Gaaga, Niderlandiya |
Bosh kotib | Belgiya Ketrin De Bolle |
Budjet | 116.4 million yevro |
Ishchilar soni | 1432 |
Aʼzolari | 27 ta |
Vebsayti | http:// Europol.europa.eu |
2020-yil fevral oyidan boshlab Yevropol Yevropa Ittifoqiga aʼzo 27 davlat politsiya xizmatlari ishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Hozirda Yevropolda 630 ga yaqin xodim ishlaydi, ulardan 120 ga yaqini Yevropol aloqa xodimlari (inglizcha: Europol Liaison Officer ) Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar tomonidan milliy huquqni muhofaza qilish organlari vakillari sifatida Yevropolga yuborilgan.