Xitoy avtomobil sanoati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xitoy avtosanoati — yarim asrdan koʻproq tarixga ega. 90-yillarning boshidan beri u juda yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda Xitoy avtomobil mahsulotlarining toʻliq qatorini ishlab chiqarishga qodir. 2006-yil noyabr oyining oxiriga kelib, Xitoy jami 6322 avtomobilsozlik korxonalariga ega edi . Xitoyning asosiy kompaniyalari FAW, SAIC va Dongfeng.
2009-yildan beri Xitoy dunyodagi eng katta avtomobil bozori va dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlib, soʻnggi-yillarda har-yili keyingi ikki avtomobil ishlab chiqaruvchisini birga olganda (AQSh va Yaponiya) yoki EK mamlakatlarini birga olganidan ham koʻproq avtomobil ishlab chiqardi. 2013 va 2014-yillarda, har qanday mamlakat uchun jahon avtomobil ishlab chiqarish tarixida birinchi marta, Xitoy 20 milliondan ortiq — mos ravishda 22,1 million va 23,7 million dona avtomobil ishlab chiqargan.