William Wallace
From Wikipedia, the free encyclopedia
William Wallace (talaffuzi: Uilyam Uolles) – Shotlandiyaning birinchi ritsarlaridan biri boʻlgan. Shotlandiya mustaqilligi uchun kurashgan. Endryu Moray bilan birga Wallace 1297-yil sentyabrda Stirling koʻprigi jangida ingliz qoʻshinini magʻlub etdi. U Shotlandiya himoyachisiga aylandi. 1298-yil iyulida Falkirk jangida magʻlubiyatga uchraguniga qadar xizmat qildi. 1305-yil avgust oyida Wallace Robroda qoʻlga olindi. Glazgo yaqinida Angliya qiroli Edvard I ga topshirildi, uni davlatga xiyonat va ingliz fuqarolariga qarshi jinoyatlar uchun osib oʻldirishdi.