Vikiombor
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vikiombor (viki va ombor soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikimedia Commons) — erkin litsenziyali tasvir, tovush va boshqa multimedia fayllarni oʻzida jamlagan onlayn ombor. Vikipediya singari Vikiombor ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan tuziladi.
Qisqa faktlar Web-manzil, Interwiki ...
Web-manzil | commons.wikimedia.org |
---|---|
Interwiki | c: |
Asosiy boʻlim | Koʻp tilli |
Asos solingan sana | 2004-yil 7-sentabr |
Asoschi | Vikimedia jamoati |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Yopish
Vikiomborga yuklangan fayllardan Vikimedia Jamgʻarmasining barcha tildagi loyihasida, jumladan, Vikipediya, Vikikitob, Vikigid, Vikiturlar, Vikimanba va Vikiyangiliklarda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Vikiombor fayllarini oflayn foydalanish uchun yuklab olish mumkin. Vikiomborda 29 milliondan oshiq mediafayl mavjud. 2013-yilning iyul oyida saytda qilingan tahrirlar soni 100 milliondan oshdi[1].