Vena Metropoliteni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vena metropoliteni — (nemischa: )-Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan 5 ta liniyali metropolitendir.Zamonaviy Vena metropoliteni 1976-yil 8-may kuni tantanali tarzda ochilgan. Shu bilan birga Vena metropoliteni juda katta boy tarixga ega. Mavjud metropoliten 1898-1901-yillarda barpo etilgan shahar temir yo'lining bir qismini o'z ichiga oladi.
Vena metropoliteni | |
---|---|
| |
Maʼlumot | |
Davlat | Avstriya |
Shahar | Vena |
Ochilgan vaqti | 1976-yil 8-may |
Boshqaruvchi shirkat | SViener Linien |
Davlat | Avstriya |
Uzunligi | 83.1 km |
Stantsiyalari soni | 109 ta |
Yoʻllari soni | 5 ta |
Kunlik yoʻlovchilar soni | 1.31 million |
Yillik yoʻlovchilar soni | 440 million |
Boshligʻi | {{{Boshligʻi}}} |
Sxemasi | |
Tizim Vena tezyurar temir yo'llari bilan bog'liq. Metro chiptalari avtobuslar va tramvaylar uchun ham mos keladi. Metro tarmog'i 109 ta stantsiyani o'z ichiga olgan 83.1 km uzunlikdagi 5 ta liniyadan iborat. Linyalar nomlari yo'q, lekin U (U-Bahn dan), U1 dan U6 gacha bo'lgan harflar bilan raqamlar bilan aytiladi. Vena metrosi 100% Vena shahriga tegishli bo'lgan Wiener Stadtwerke AG kompaniyasiga tegishli va Wiener Linien GmbH & Co KG tomonidan boshqariladi.Eng qizig'i har bir linya o'z rangiga ega.