Van Gogh muzeyi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Van Gogh muzeyi — Amsterdam janubidagi muzeylar maydonida joylashgan Vincent van Gogh va uning zamondoshlariga bagʻishlangan golland tasviriy sanʼat muzeyidir. Muzey 1973-yil 12-iyunda ochilgan. Uning loyihasi Gerrit Rietveld va Kisho Kurokava tomonidan ishlab chiqilgan.
Muzeyda Van Goghning dunyodagi eng katta suratlari va rasmlar toʻplami mavjud. 2017-yilda muzeyga 2,3 million kishi tashrif buyurgan va u Gollandiyadagi eng koʻp tashrif buyurilgan muzey shuningdek dunyodagi eng koʻp tashrif buyurilgan 23-sanʼat muzeyiga aylangan. 2019-yilda Van Gogh muzeyi Vincent Van Gogh bilan tanishish tajribasini ishga tushiradi, u Van Gogh hayoti va ijodiga bagʻishlangan texnologiya asosidagi „immersiv koʻrgazma“ sifatida butun dunyo boʻylab gastrollarda yuradi .