Universitet kampuslarida Isroil—Hamas urushi namoyishlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
AQSh universitet kampuslarida Isroil-Hamas urushi namoyishlari — Amerika Qoʻshma Shtatlarining bir nechta universitet kampuslarida Isroilning Gʻazoga bostirib kirishiga qarshi namoyishlardir. Falastin tarafdorlarining noroziliklari 2024-yil 17-aprelda AQShda boshlanib, boshqa mamlakatlarga tarqaldi. Voqealar Kolumbiya universiteti kampusida sionistlarga qarshi guruhlarni ommaviy hibsga olishlardan soʻng boshlandi. Namoyishchilar falastinliklarni genotsid qilgani uchun Isroildan investitsiyalarni olib tashlashni talab qildilar[5][6]. 2-may holatiga koʻra, AQShning 30 dan ortiq kampuslarida 2400 dan ortiq namoyishchilar[4][7], jumladan professor-oʻqituvchilar[1] hibsga olindi[8]. Universitetlar bir qancha talabalarni oʻqishini toʻxtatib qoʻydi, baʼzilarini oʻqishdan chetlatdi[1][9]. Norozilik namoyishlarining talablari orasida Isroil va unga aloqador tashkilotlar bilan moliyaviy aloqalarni uzish, moliyaviy aloqalar boʻyicha shaffoflik va namoyishchilarga amnistiya eʼlon qilinishi kiradi[10][11].
Universitet kampuslarida Isroil—Hamas urushi namoyishlari | |
---|---|
Isroil–Hamas urushining bir qismi bir qismi | |
Sana |
2024-yil 17-aprel — hozirgacha (1 oy, 2 hafta) |
Joy |
|
Sababi |
Qarshilik:
|
Maqsadlari | Isroildan sarmoyalarni olib qoʻyish |
Usullari | Namoyishlar, itoatsizlik, piketlar |
Yetakchilar | |
Raqamlarda | |
Qurbonlar va yoʻqotishlar | |
Qurbonlar | |
Jarohatlanganlar |
100+ namoyishchilarga koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻllanildi[manba kerak] 2+ namoyishchi kasalxonaga yotqizildi[3] 5 jurnalist[manba kerak] 4 politsiyachi[manba kerak] |
Qoʻlga olinganlar | 2400+ namoyishchilar[4] |
22-aprel kuni Sharqiy sohildagi bir qancha universitetlar, jumladan Nyu-York universiteti, Yel universiteti, Emerson kolleji, Massachusets texnologiya instituti (MIT) va Tafts universiteti talabalari kampuslarni egallab oldi. Nyu York va Yel universitetlarida ommaviy ravishda hibsga olish boshlangandan keyin namoyoshchilar tarqatib yuborildi[12]. Keyingi kunlarda AQSH boʻylab norozilik namoyishlari kuchaydi, 40 dan ortiq kampuslarda norozilik lagerlari tashkil etildi[13]. 25-aprel kuni Emerson kolleji, Janubiy Kaliforniya universiteti va Texas universitetida[14] norozilik namoyishlari Yevropa, Avstraliya va Kanadaga tarqalib ketganligi sababli ommaviy hibsga olishlar boshlandi. 27-aprel kuni davom etgan tazyiqlar Vashington, Northeastern, Arizona davlat universiteti va Indiana universitetlarida taxminan 275 kishi hibsga olinishiga olib keldi[15][16].
Emori universitetida[9] va Sent-Luisdagi Vashington universitetida hibsga olinganlar orasida bir necha professorlar, universitet xodimlari ham bor edi[15]. 28-aprel kuni MIT, Pensilvaniya universiteti va Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida (UCLA) qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi[17]. 30-aprel kuni Kolumbiya universiteti va Nyu-York shahar kollejida 300 ga yaqin namoyishchilar hibsga olindi[18]. 1-may kuni UCLA kampusida 200 dan ortiq namoyishchilar hibsga olindi[19].
Ishgʻollar natijasida Kolumbiya universiteti va Kaliforniya davlat politexnika universitetida semestrning qolgan qismidagi oʻqishlar toʻxtatildi[20][21]. Kaliforniya, Jorjiya va Texasdagi fakultet aʼzolari tomonidan berilgan ishonchsizlik votumi[22] va Portlend Davlat universiteti Isroil bilan aloqalari tufayli Boeing bilan moliyaviy aloqalarini toʻxtatdi[23]. 200 dan ortiq guruhlar norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatladi[24]. Shuningdek, AQSH senatori, yahudiy Berni Sanders va Kongressning koʻplab ilgʻor aʼzolari qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etdi[25]. Norozilik namoyishlari prezident Jo Bayden[11] va va sobiq prezident Donald Tramp tomonidan tanqid qilindi[26].AQSh gubernatorlari Ron DeSantis[27], Greg Abbott[28][29] va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu[30] — yahudiy talabalarning namoyishlari norozilik emasligini taʼkidlagan boʻlsalar ham, ularning barchasi antisemitizm deb atadi[31]. Politsiyaning noroziliklarga munosabati AQSh Kongressi vakili Aleksandriya Okasio-Kortez va Texas demokratlari tomonidan ham tanqid qilindi[32][33]. Norozilik namoyishlari AQShning Vyetnamdagi urushiga qarshi noroziliklar va AQShdagi 1968-yilgi norozilik namoyishlari bilan solishtirildi[34][35].