Tyansin shartnomasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tyansin shartnomasi yoki Tyanzin shartnomasi 1858-yil iyun oyida Tyantszinda (keyinchalik Tyansin nomi bilan atalgan) imzolangan bir nechta hujjatlarning umumiy nomidir. Shartnomani imzolashda Sin sulolasi, Rossiya imperiyasi, Ikkinchi Fransiya imperiyasi, Buyuk Britaniya va AQSh ishtirok etgan. Xitoyliklar tomonidan tengsiz shartnomalar qatoriga kiritilgan ushbu shartnomalar tashqi savdo uchun koʻproq Xitoy portlarini ochib berdi, Xitoy poytaxti Pekinda xorijiy fuqarolarga keng huquqlar berdi, xristianlar uchun missionerlik faoliyatiga ruxsat berildi va afyun savdosini amalda qonuniylashtirildi. Tomonlar ushbu shartnoma bilan 1856-yilda boshlanib, 1860-yilda Xityo imperatori tomonidan ratifikatsiya qilingan Pekin konvensiyasi bilan tugallangan Ikkinchi afyun urushining birinchi bosqichini yakunladilar.