Tarapacá viloyati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tarapaka viloyati (ispancha: Región de Tarapacá) — Chilining 16 ta birinchi tartibli maʼmuriy boʻlinmalaridan biri. U ikkita provinsiyani, Iquique va Tamarugalni oʻz ichiga oladi. Shimolda Chili Arika va Parinakota mintaqasi, sharqdan esa Boliviyaning Oruro departamenti va Potosi departamenti, janubdan Chilining Antofagasta viloyati va gʻarbdan Tinch okeani bilan chegaradosh hisoblanadi. Iquique port shahri mintaqaning poytaxti hisoblanadi.
Viloyatning katta qismi bir vaqtlar Peruning Tarapaka provinsiyasiga qaragan boʻlib, u Tinch okeani urushi yakunida 1883-yilgi Ankon shartnomasiga binoan Chili tomonidan qoʻshib olingan. Sintetik nitrat ishlab chiqarish mumkin boʻlgunga qadar, mintaqa intensiv selitra qazib olish joyi sifatida iqtisodiy jihardan muhim hisoblanar edi. Viloyatda bir qancha qarovsiz va foydalanilmaydigan konchilik shaharchalarini hali ham topish mumkin2017|page=25|language=es|date=2003}}</ref> [1].
Hozirgi Tarapaka hududi 2007-yilda Arikada Prezident Mishel Bachelet tomonidan imzolangan 20,175-sonli qonunga muofiq avvalgi Tarapaka hududini boʻlinish yoʻli bilan yaratilgan Hozirda mintaqada investorlar tomonidan butkul islohotlar amalga oshirilinib kelinmoqda[2].