Sofía Vergara
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sofía Margarita Vergara Vergara (talaffuzi: Sofiya Margarita Vergara Vergara; 1972-yil 10-iyulda tugʻilgan)[1][2] — amerikalik aktrisa va model. U 2013-yildan 2020-yilgacha Amerika televideniyesida eng koʻp maosh oluvchi aktrisa boʻlgan.[3][4][5]
Sofía Vergara | |
---|---|
Tavalludi |
Sofía Margarita Vergara Vergara 10-iyul 1972-yil (1972-07-10) (51 yosh) Kolumbiya |
Fuqaroligi |
AQSh Kolumbiya |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1991-yildan hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi | Joe Manganiello |
Bolalari | 1 |
Otasi | Julio Enrique Vergara Robayo |
Onasi | Margarita Vergara Dávila De Vergara |
Vergara 1990-yillarning oxirida ispan tilidagi „Univision“ televideniyesi uchun ikkita telekoʻrsatuvni olib borib tezda mashhur boʻldi. Uning ingliz tilidagi birinchi taniqli aktyorlik ishi, 2003-yilda „Chasing Papi“ filmida suratga tushish boʻlgan. Keyinchalik u „Four Brothers“ (2005) va Tyler Perryning „Meet the Browns“ (2008) va „Madea Goes to Jail“ (2009) komediyalarida rol ijro etadi. „ALMA Award“ning nominatsiyasiga sazavor boʻldi. 2009-yilda u „ABC“ komediya seriyasi boʻlgan „Modern Family“da, Gloriya Delgado-Pritchett rolini oʻynay boshladi, Vergara shu roli uchun toʻrtta Oltin Globus mukofotiga, toʻrtta Primetime Emmy Awards va oʻn bitta Screen Actors Guild Awards mukofotlarida taqdirlandi.
Vergara "Smurflar" (2011), "New Year’s Eve" (2011), "The Three Stooges" (2012), „Machete Kills“ (2013), „Fading Gigolo“ (2013), „Chef“ (2014) va "Hot Pursuit" (2015) filmlarida ham ijod qilgan. U shuningdek, Happy Feet Two (2011), Escape from Planet (2013) va The Emoji Movie (2017) animatsion filmlarida qahramonlarga ovoz bergan edi. Vergara 2020-yilda ham eng koʻp maosh oluvchi Hollywood aktrisasi boʻldi. 2020-yildan beri Vergara Americaʼs Got Talent hakamlik qiladi.[6]