Rele
From Wikipedia, the free encyclopedia
Rele elektr bilan boshqariladigan almashtiruvchi uskuna(viklyuchatel). U bitta yoki bir nechta boshqaruv signallari uchun kirish terminallari to'plamidan va ishlaydigan kontaktli terminallar to'plamidan iborat. Viklyuchatel bir nechta kontakt shakllarida istalgan miqdorda kontaktlarga ega bo'lishi mumkin, masalan, kontaktlarni o'rnatish, kontaktlarni uzish yoki ularning kombinatsiyasi.
Relelar mustaqil past kuchli signallar orqali sxemani boshqarish kerak bo'lgan yoki bir nechta sxemalar bir signal orqali boshqarilishi zarur bo'lgan joylarda ishlatiladi. Relelar birinchi marta shaharlararo telegraf zanjirlarida signal takrorlagichlari sifatida ishlatilgan, ya'ni bir sxemedan boshqasiga uzatish orqali signallar yangilanib yetib kelgan. Mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun telefon stansiyalarida va dastlabki kompyuterlarda rele keng qo'llanilgan.
Relening an'anaviy shakli kontaktlarni yopish yoki ochish uchun elektromagnitdan foydalanadi, lekin relelar ishlatadigan boshqa ishlash tamoyillarini ham yaratishgan. Masalan, qattiq holatdagi(solid-state) relelardagi yarimo'tkazgichning harakatlanuvchi qismlarga tayanmasdan boshqarish xususiyatlari. Rele bilan kalibrlangan operatsion xususiyatlar va ba'zida murakkab operatsion katushkalar elektr zanjirlarni ortiqcha kuch yoki nosozliklardan himoya qilishga ishlatiladi. Zamonaviy elektr energiya sistemalarida bu funksiyalar haligacha himoya relelari deb ataluvchi raqamli asboblar orqali bajarilgan.
Latching rele lari doimiy almashib ishlashi uchun faqat yagona boshqaruv energiyasining pulsini talab qiladi. Boshqa puls boshqaruv terminallarining ikkinchi to'plami yoki qarama-qarshi qutbli impuls uchun qo'llaniladi, bir xil turdagi takroriy impulslar hech qanday ta'sir ko'rsatmasa, kalitni qayta o'rnatadi. Magnitli latching relelari uzilgan quvvat rele boshqarayotgan zanjirlarga ta'sir qilmasligi kerak bo'lganda ilovalarda foydali hisoblanadi.U asosan o'z-o'zidan ochiluvchi eshiklarda ishlatiladi