Qogʻoz ishlab chiqarish
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qogʻoz ishlab chiqarish – bu qogʻoz va karton ishlab chiqarish boʻlib, koʻplab maqsadlar qatorida chop etish, yozish va qadoqlash uchun keng qoʻllaniladi. Bugungi kunda deyarli barcha qogʻozlar sanoat mashinalari yordamida ishlab chiqariladi, qoʻlda ishlangan qogʻoz esa ixtisoslashgan hunarmandchilik va badiiy ifoda vositasi hisoblanadi va hozirda qadimiy qogʻozlar muzeylarda eksponat shaklida saqlanib qolgan. Dastlabki ishlab chiqarilgan qogʻozlar ummummilliy ahamiyatga ega.
Qogʻoz ishlab chiqarishda, asosan, suvdagi alohida sellyuloza tolalaridan tashkil topgan suyultirilgan suspenziya elakka oʻxshash moslama orqali drenajlanadi va tasodifiy toʻqilgan tolalar toʻshagi yotqiziladi. Suv bugʻlari bu varaqdan bosim orqali, baʼzan esa assimilyatsiya yoki vakuum shunungdek isitish orqali chiqariladi. Quritgandan soʻng, odatda tekis, bir xil va kuchli qogʻoz varogʻi ishlab chiqariladi.
Ixtiro qilinishidan va avtomatlashtirilgan mashinalarning keng qoʻllanilishidan oldin, barcha qogʻozlar qoʻlda tayyorlangan, maxsus ishchilar tomonidan bir vaqtning oʻzida har bir varoq tayyorlangan. Hatto bugungi kunda ham qoʻlda qogʻoz yasaydiganlar, dastlab Xitoyda va Osiyoning boshqa mintaqalarida ishlab chiqilgan yoki Yevropada keyinchalik oʻzgartirilgan yuz yillar oldin mavjud boʻlgan asboblar va texnologiyalarga juda oʻxshash usul va texnologiyalardan foydalanadilar. Qoʻlda ishlangan qogʻoz hali ham oʻzining oʻziga xos xususiyati va har bir varoqni tayyorlashda ishtirok etgan malakali hunarmandchilik uchun qadrlanadi, sanoat mahsulotlari orasida erishilgan arzon narxlardagi, tipik bir xillik va odatiylikdan farqli ravishda qadimgi davr qoʻgʻozlarining oʻlchamlari ham hilma xil boʻlgan.