Prujinali qoʻl tarozisi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Prujinali qoʻl tarozisi — ogʻirlikni oʻlchash uchun ishlatiladigan qoʻl moslamasi, qoʻl dinamometri, maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Moslama qattiq prujinadan iborat boʻlib, ular shkalali korpusga joylashtiriladi. Prujinaga strelka biriktiriladi. Prujinaga hech qanday kuch taʼsir etmasa, yaʼni oʻlchanadigan yuk osilmasa, u siqilgan holatda boʻladi. Prujina gravitatsiya taʼsirida choʻziladi, strelka shkalasi boʻylab harakatlanadi. Strelkaning holatiga qarab, tortilayotgan yukning ogʻirligini bilib olish mumkin.
Prujinali tarozilar qoʻshimcha aylanish tizimi bilan jihozlanishi mumkin, bu buyumlarning ogʻirligini yanada aniqroq oʻlchash imkonini beradi. Maishiy tarozilarning soʻnggi namunalari elektronlashtirilmoqda.
Boshqa har qanday tarozi kabi qoʻl tarozilari ham kuchni oʻlchaydi; ular ~9,81 N kuch uchun 1 kg koʻrsatishga mos qilib darajalangan.
Baʼzan qoʻl tarozisini bezmen deb ham atashadi.
Prujinaning uzayishi Guk qonuni bilan tavsiflanadi.