Palladian meʼmorchiligi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Palladian meʼmorchiligi — bu venetsiyalik meʼmor Andrea Palladio (1508—1580-yillar) dizaynidan olingan va undan ilhomlanib yaraatilgan Yevropa meʼmoriy uslubi. Bugungi kunda Palladian meʼmorchiligi sifatida tan olingan asosiy elementi uning asl kontseptsiyalarining evolyutsiyasidir. Andrea Palladioning ishi qadimgi yunonlar va rimliklarning rasmiy klassik meʼmorchiligining simmetriyasi, qadriyatlarni oʻzida jamlagan uslub edi.
Britaniyada palladianizm 17-asrda qisqa vaqt ichida modaga aylandi, ammo uning gullashi Angliya fuqarolar urushi boshlanishi va undan keyin tejamkorlik joriy etilishi bilan yana qisqardi. 18-asrning boshlarida u nafaqat Angliyada, balki Buyuk Britaniyaning bevosita taʼsiri ostida Prussiyada ham modaga aylandi. Masalan, Janubiy Karolinadagi Drayton Xoll, Nyuportdagi Redvud kutubxonasi, Rod-Aylend, New-York shahridagi Morris-Jumel uyi , Maryland shtatining Annapolis shahridagi Hammond-Xarvud uyi va Virjiniyadagi Thomas Jeffersonning Monticellosi shu uslub gʻoyasi boʻyicha qilingan namunalardir.
Ushbu uslub Yevropada 19-asr va 20-asr boshlarida qoʻllanilib kelindi, u tez-tez jamoat va shahar binolarini loyihalashda qoʻllanildi. 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab ingliz tilida soʻzlashuvchi davlatlarda gotika uygʻonishi bilan raqobatlashdi. Biroq, meʼmoriy uslub sifatida u mashhur boʻlib, rivojlanishda davom etdi. Uslubning pedimentlari, simmetriyasi va nisbati bugungi kunda koʻplab zamonaviy binolarni loyihalashda yaqqol namoyon boʻladi.