Oʻzbek xonliklari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbek xonliklari — Turonda yoki Turkistonda (Movarounnahr, Xorazm, Farg'ona, Xuroson), hozirgi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Janubiy Qozogʻiston, Janubiy va Sharqiy Turkiston hududlari chegarasida mavjud boʻlgan davlatlar. Oʻzbek sulolalaridan bo'lgan hukmdorlar tomonidan boshqarilgan. XVI asrning boshlarida Movarounnahr va Xorazmni Temuriylardan soʻng boshqargan Shayboniylarning ikki tarmogʻi boʻlmish Movarounnahr va Xorazm Shayboniylari tomonidan asos solingan.