Oʻyinchoq ayiq
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻyinchoq ayiq – ayiqqa oʻxshatib yasalgan yumshoq oʻyinchoq.
AQSh va Gʻarbiy Yevropada oʻyinchoq ayiqlar odatda „Teddy ayiqlari“ nomi bilan ataladi. Oʻyinchoq ayiqlarning „Teddy“ nomini olishi AQSh prezidenti Theodore Roosevelt bilan bogʻliq[1]. 1902-yilning noyabrida Roosevelt ov safari bilan Mississippi shtatiga borgan. Ov chogʻida Rooseveltning bir guruh xizmatkorlari Amerika qora ayigʻini ushlab, tol daraxtiga bogʻlab qoʻyishgan[2]. Soʻngra, Rooseveltni voqea joyiga chaqirishib, ayiqni otishni soʻrashgan. Roosevelt esa ayiqni otishdan bosh tortgan[3][4]. Bu voqea 1902-yil 16-noyabrda The Washington Post karikaturachisi Clifford Berryman ishlagan siyosiy karikatura bosh mavzusiga aylangan[5][6][7]. Berrymanning karikaturasini koʻrib qolgan Morris Michtom karikaturadagiga oʻxshash oʻyinchoq ayiq yasab, prezident sharafiga „Teddy’s bear“ deb nomlagan va uni Brooklyndagi qandolat doʻkoni peshtaxtasiga qoʻygan.