Nicki Minaj
From Wikipedia, the free encyclopedia
Onika Tanya Maraj (inglizcha: Onika Tanya Maraj; 1982-yil 8-dekabrda tugʻilgan), koʻpincha Niki Minaj nomi bilan tanilgan (inglizcha: Nicki Minaj nomi bilan mashhur) rap ijrochisi. Aynan Lil Ueyn uni kashf etgan, uning Playtime Is Over, Sucka Free va Beam Me Up Scotty mixtaplarini eshitgan va Nikki Minajni 2009-yil avgust oyida Young Money Entertainment kompaniyasi bilan imzolagan.[1]
Onika Tanya Maraj | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi | 8-dekabr 1982 |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
ashulachi raqqosa reper |
Turmush oʻrtogʻi | Kenneth Petty |
Janr | pop, xip-xop, ritm va blyuz |
Veb-sayt | http://mypinkfriday.com/ |
Shartnoma imzolagandan soʻng,Tanya Maraj Pushti Friday albomi uchun qoʻshiq yozishni boshladi.Albom oʻzining birinchi haftasida Billboard 200 chartida 2-oʻrinni egalladi.[2] Minaj tarixda Billboard Hot 100 chartida ketma-ket 7 ta qoʻshiqqa ega boʻlgan birinchi qoʻshiqchi boʻldi.[3] Uning ikkinchi singli „Your Love“ Billboard Hot Rap Songs chartida birinchi oʻrinni egalladi. 2002-yilda hech bir rep ijrochisi bunday koʻrsatkichga erisha olmadi.[4] Minaj MTV ning Annual Hottest MC List roʻyxatiga kiritilgan birinchi rep ijrochisi boʻldi.[5] Chiqarilganidan bir oy oʻtgach, Pink Friday Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA sertifikati) tomonidan platina sertifikatiga ega boʻldi.[6]