Najd va Hijoz Qirolligi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Najd va Hijoz Qirolligi (arab. مملكة الحجاز ونجد) — Arabiston yarim orolidagi davlat, 1920-yillarda Hijoz podsholigi Najd tomonidan bosib olingandan keyin tashkil topgan. 1926-yil 8-yanvarda Makka masjidida Najd sultoni Abdulaziz ibn Saudga Hijoz podshosi sifatida toj kiydiriladi. 1927-yil 29-yanvarda u "Najd podshosi" (sobiq "Sulton" oʻrniga) unvonini ham oldi. 1927-yil 20-mayda Jiddada imzolangan shartnomaga koʻra, Abdulaziz davlati Buyuk Britaniya tomonidan tan olindi va “Najd va Hijoz podsholigi” nomini oldi.
Qisqa faktlar arab. مملكة الحجاز ونجد, Poytaxt ...
Najd va Hijoz Qirolligi arab. مملكة الحجاز ونجد
| |
---|---|
Poytaxt | Ar-Riyod |
Eng katta shahar | Ar-Riyod, Makka, Madina |
Rasmiy til(lar) | Arabcha |
Hukumat | Mutloq Teokratik Monarxiya |
• Qirol |
Abdul-Aziz ibn Saud |
• Tashkil Topgan |
1926-yil 6-yanvardan |
• Tugatilishi |
1932-yil 23-sentyabrgacha |
Maydon | |
• Butun |
2 149 690 km2 |
Aholi | |
• 1932-yilgi roʻyxat |
2 439 000 kishi |
Pul birligi | Saudiya riyoli |
Yopish
1932-yil 23-sentyabrda Najd, Hijoz, Al-Hasa va Qatif viloyatlari Saudiya Arabistoni deb nomlangan yangi yagona qirollikka birlashtirildi.