Moʻgʻullarning Gruziyaga bosqini
From Wikipedia, the free encyclopedia
Moʻgʻullarning Gruziyaga bosqini XIII asrda Gruziya, Armaniston hududlariga moʻgʻullarning talonchilik bosqinchiligidir. Birinchi boʻlib moʻgʻullar Kavkaz hududida 1220-yil Subutoy boshchiligida Muhammad Xorazmshohni taqib qilib kelgan vaqtda paydo boʻldilar. Gruziya va Armaniston qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratib[1], bir qator hujumlardan soʻng Subutay va Jebe shimolda Kiyev Rusi davlatiga bostirib kirishdi. 1236-yilda Kavkaz va Sharqiy Onadoʻlini moʻgʻullarning toʻliq miqyosda bosib olishi boshlandi, unda Gruziya qirolligi, Rum sultonligi va Trebizond imperiyasi boʻysundirildi, Armaniston Kilikiya qirolligi va boshqa salibchilar davlatlari oʻz xohishlari bilan moʻgʻullar vassaligini qabul qildilar. Moʻgʻullarning Kavkazdagi hukmronligi 1330-yillarning oxiriga qadar davom etdi[2] . Oʻsha davrda qirol George V Gruziya qirolligini qisqa vaqt ichida tikladi, ammo davlat Amir Temurning Gruziyaga bostirib kirishi tufayli parchalanib ketdi.