Meyson-Dikson chizig‘i
From Wikipedia, the free encyclopedia
Meyson-Dikson chizig'i, shuningdek, Meyson va Dikson chizig'i deb ham yuritiladi, AQShning to'rtta shtatini ajratib turadigan chegara chizig'i bo'lib, Pensilvaniya, Merilend, Delaver va G'arbiy Virjiniya (1863-yilgacha Virjiniyaning bir qismi) chegaralarining bir qismini tashkil etadi. Ushbu chiziq 1763-1767-yillarda Charlz Meyson va Jeremiya Dikson tomonidan Merilend, Pensilvaniya va Delaver shtatlari bilan mustamlakachi Amerikadagi chegara mojarosini hal qilish mobaynida tekshirilgan[1]. Bahs qariyb bir asr oldin qirol Charlz I tomonidan lord Baltimorga (Merilend) va qirol Charlz II tomonidan Uilyam Pennga (Pensilvaniya va Delaver) bir oz chalkash mulk natijasida kelib chiqqan.
- Ushbu maqola Mason Dixon (disambiguation)|Mason Dixon haqidadir. {{{2}}} soʻzining boshqa maʼnolari uchun [[{{{3}}}|bu yerga]] qarang.
Meyson-Dikson chizig'ining janubiy Pensilvaniya chegarasida eng katta qismi o'tadi, keyinchalik norasmiy ravishda janubiy "qul" shtatlari va Shimoliy mustaqil shtatlar o'rtasidagi chegara sifatida mashxur bo‘lgan. Chiziqning foydalanilishi 1820-yilgi Missuri murosasi atrofidagi bahs-munozaralar paytida, "qul" va mustaqil hudud o'rtasidagi chegaralarni chizish muammosi bo'lgan paytda mashhur bo'lgan va Amerika fuqarolar urushi paytida yana qaytadan paydo bo'lgan, chegara davlatlari ham o'yinga kirishgan. Amerika Konfederativ shtatlari chiziqning Virjiniya qismini shimoliy chegarasining bir qismi deb da'vo qildi, garchi u hech qachon shimolda muhim nazoratni amalga oshirmagan bo‘lsada. Ayniqsa, G'arbiy Virjiniya Virjiniyadan ajralib, 1863-yilda Ittifoqqa alohida shtat sifatida qo'shilgandan keyin. Ushbu chiziq bugungi kunda ham Shimoliy- Sharqiy va Janubni madaniy, siyosiy va ijtimoiy jihatdan ajratib turuvchi chiziqning majoziy ma'nosida qo'llaniladi (qarang: Dixie ).