Madrid–Barajas aeroporti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Adolfo Suarez Madrid – Barajas aeroporti (ispancha: Aeropuerto Adolfo Suárez Madrid-Barajas [aeɾoˈpweɾto aˈðolfo ˈswaɾeθ maˈðɾið βaˈɾaxas]) (IATA: MAD, ICAO: LEMD), Madrid-Barajas aeroporti nomi bilan tanilgan, Ispaniya poytaxti Madrid shahriga xizmat koʻrsatadigan asosiy xalqaro aeroportdir. 3,050 ha (328,000,000 kv. ft) maydonni egallagan aeroport fizik hajmi boʻyicha Parij-Sharl de Goll aeroportidan keyin Yevropadagi ikkinchi eng katta aeroportdir[4][5]. 2019-yilda 61,8 million yoʻlovchi Madrid-Barajas orqali sayohat qildi va bu mamlakatning eng gavjum, Yevropaning esa beshinchi eng gavjum aeroportiga aylandi.
Adolfo Suárez Madrid-Barajas aeroporti[1] Aeropuerto Adolfo Suárez Madrid-Barajas | |||
---|---|---|---|
Fayl:Madrid-Barajas – Aerial photograph.jpg | |||
IATA kodi: MAD – ICAO kodi: LEMD – WMO identifikatori: 08221 | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi/Operator | Aena | ||
Xizmat doirasi | Madrid aglomeratsiyasi | ||
Joylashuvi | Barajas tumani, Madrid | ||
Ochilgan | 22-aprel, 1931-yil (93 yil avval) (1931-04-22) | ||
Havo yoʻli tuguni |
| ||
Markazi |
| ||
Dengiz sathidan balandligi | 610 m / 2,000 ft | ||
Koordinatalari | 40°28′20″N 003°33′39″W G O | ||
Vebsayti | aena.es | ||
Xarita | |||
Aeroportning Ispaniya xaritasidagi joylashuvi | |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
14R/32L | 4,100 | 13,451 | Asfalt |
18L/36R | 3,500 | 11,482 | Asfalt |
14L/32R | 3,500 | 11,482 | Asfalt |
18R/36L | 4,350 | 14,268 | Asfalt / Beton |
Maʻlumotlar (2022) | |||
Yoʻlovchilar soni | 50,633,652 | ||
Parvozlar soni | 351,906 | ||
Manba: Yoʻlovchilar oqimi, AENA[2] Aeronavtika axborot nashri Ispaniya, AENA[3] |
Aeroport 1931-yilda ochilgan va Yevropaning eng muhim aviatsiya markazlaridan biriga aylandi. Madridning shahar chegaralarida boʻlgan aeroport shaharning moliya tumanidan 9 km (6 mi) va Madridning tarixiy markazi Puerta del Sol yoki Plaza Mayordan 13 km (8 mi) shimoli-sharqda joylashgan. Aeroport nomi qoʻshni Barajas tumanidan olingan, tumanda aeroportga xizmat koʻrsatadigan temir yoʻl vokzali hamda metro bekati mavjud. Barajas Yevropa va dunyoning qolgan qismidan Iberiya yarim oroliga kirish eshigi boʻlib xizmat qiladi va Yevropa va Lotin Amerikasi oʻrtasidagi asosiy bogʻlovchi hisoblanadi. 2014-yilda Ispaniyaning sobiq bosh vaziri Adolfo Suares vafotidan soʻng, Ispaniya Jamoat ishlari va transport vazirligi aeroport nomini Aeropuerto Adolfo Suares, Madrid-Barajas deb oʻzgartirilishini eʼlon qildi[6]. Aeroport Iberia va Air Europa uchun asosiy markaz va texnik xizmat koʻrsatish bazasi hisoblanadi. Shunday qilib, Barajas trafigining 40% dan ortigʻini Iberia taʼminlaydi. Aeroportda beshta yoʻlovchi terminali mavjud: T1, T2, T3, T4 va T4S.