Lil Baby
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dominik Armani Jons(1994-yil 3-dekabrda tugʻilgan)— professional ravishda Lil Baby nomi bilan tanilgan amerikalik reper. U 2017- yilda oʻzining „Perfect Timing“ miksteypi chiqqanidan keyin mashhurlikka erishdi.
Lil Baby | |
---|---|
Lil Baby in 2020.png | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Dominique Armani Jones 1994-yil 3-dekabr |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Reper • Muallif |
Leybl | Capitol • Motown • Quality Control • 4PF • Wolfpack • YSL |
Janr | Hip hop • trap |
Faoliyat yillari | 2016-yildan–hozirgacha |
Veb-sayt | iamlilbaby.com |
Imzosi | |
Lil Babyning debyut studiya albomi „Harder Than Ever“ (2018) RIAA platina sertifikatiga ega bo‘lib, Billboard Hot 100 ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egallagan „Yes Indeed“ (Drake bilan) qo‘shig‘ini o‘z ichiga olgan. U 2018-yilda yana ikkita miksteypni chiqardi: Drip Harder va Street Gossip, birinchisida oʻzining eng mashhur „Drip Too Hard“ (Gunna bilan) qoʻshigʻi bor, bu Billboard Hot 100 roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Lil Babyning ikkinchi studiyaviy albomi „My Turn“ (2020) Billboard 200da birinchi oʻrinni egalladi. „We Paid“ qoʻshigʻi (42 Dugg bilan) Hot 100 roʻyxatida oʻninchi oʻrinni egalladi. 2020-yil iyun oyida u „The Bigger Picture“ singlini chiqardi va u Hot 100 roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi 2021-yilda Lil Baby va Chikagolik reper Lil Durk hamkorlikdagi „The Voice of the Heroes“ albomini chiqardi.
Lil Baby bitta Grammy Award va bitta BET Award mukofotiga sazovor boʻlgan. U Apple Music Awards 2020da yil ijrochisi sifatida tan olingan.