Kirk Douglas
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kirk Douglas (talaffuzi: Kirk Duglas; asl ismi: Issur Danielovitch talaffuzi: Issur Danielovich; 1916-yil 9-dekabr — 2020-yil 5-fevral) amerikalik aktyor va kinorejissyor. Qashshoq bolaligidan soʻng u Barbara Stanwyck bilan „The Strange Love of Martha Ivers“ (1946) filmida debyut qildi. Douglas tez orada 1950-yillarda jiddiy dramalar, jumladan, gʻarbiy va urush filmlari bilan mashhur boʻlgan yetakchi yulduzga aylandi. Faoliyati davomida u 90 dan ortiq filmlarda suratga tushgan va „portlovchi aktyorlik“ uslubi bilan tanilgan. U Amerika Kino Instituti tomonidan Klassik Gollivud kinosining 17-eng buyuk erkak yulduzi deb topildi va roʻyxatdagi eng yuqori oʻrinni egallagan tirik odam edi.
Kirk Douglas | |
---|---|
Tavalludi |
Issur Danielovitch 1916-yil 9-dekabr |
Vafoti |
2020-yil 5-fevral Beverly Hills, California, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1944-yildan 2008-yilgacha |
Partiyasi | Demokratik partiya |
Turmush oʻrtogʻi |
Diana Douglas (turm.1943 — ajr.1951) Anne Buydens (1954) |
Bolalari | 4 ta |
Otasi | Harry Danielovitch |
Onasi | Bertha Sanglel |
Imzosi | |
Douglas „Champion“ (1949) filmidagi vijdonsiz boks qahramoni roli uchun xalqaro yulduzga aylandi, bu esa unga „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oskar mukofotiga birinchi nominatsiyasini keltirdi. Uning boshqa ilk filmlari orasida "Our of the Past" (1947), "Young Man with a Horm" (1950), Lauren Bacall va Doris Day bilan o‘ynagan, „Ace in the Hole“ (1951) va "Detective Story" (1951) kiradi. U „The Bad and the Beutiful“ (1952) filmidagi dramatik roli uchun Lana Turner bilan birgalikda ikkinchi Oskar nominatsiyasini oldi va „Oltin globus“ mukofotini qoʻlga kiritgan „Lust for Life“ filmida (1956) Vincent van Gogh roli uchun „dramadagi eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida uchinchi mukofotni oldi. U, shuningdek, James Mason bilan „20,000 Leagues Under the Sea“ (1954) sarguzasht filmida rol oʻynagan.