Jinsiy zoʻravonlik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jinsiy zoʻravonlik – bu ochiq-oydin yoki yashirin shahvoniy gʻoyalarni oʻzining ichiga olgan zoʻravonlikning bir turi boʻlib, jinsiy manfaatlar evaziga shaxsning oʻzi istalmagan va nomaqbul harakatlarni qilishga majburlash holatidir[1]. Jinsiy zoʻravonlik ogʻzaki harakatlardan tortib jinsiy tajovuzgacha boʻlgan barcha harakatlarni oʻz ichiga oladi[2]. Taʼqib qilish turli xil ijtimoiy muhitda, masalan, ish joyi, uy, maktab va boshqa hududlarda sodir boʻlishi mumkin. Taʼqib qiluvchilar yoki taʼqib qurbonlari har qanday jins vakillari boʻlishi mumkin[3].
Bugungi huquqiy kontekstda jinsiy zoʻravonlik noqonuniy hisoblanadi. Jinsiy zoʻravonlikka oid qonunlar, odatda, oddiy gaplar gʻiybat, ogʻzaki izohlar yoki alohida kichik hodisalarni taʼqiqlamaydi – buning sababi „umumiy xulq-atvor kodeksi“ mavjud emasligidadir. Ish joyida taʼqib qilish holati agar u tez-tez, davomli va ogʻir holatda yuz bergan boʻlsa va natija ish bilan bogʻliq salbiy qaror qabul qilishga olib kelsa (masalan, ishdan boʻshatish yoki isteʼfoga chiqarish) yoki dushmanlik va haqoratli ish muhitini yaratsa noqonuniy boʻlishi mumkin. Biroq, jinsiy zoʻravonlikning huquqiy va ijtimoiy tushunchasi turli madaniyatlarda bir-biridan farq qiladi. Rossiya qonunchiligida „jinsiy zoʻravonlik“ degan taʼrif mavjud emas. Ushbu konsepsiyaga eng yaqin boʻlgan qonun „jinsiy xarakterdagi harakatlarni amalga oshirishga majburlash“ haqidagisi boʻlib, bu Rossiya jinoyat qonunchiligida Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 133-moddasida belgilab qoʻyilgan[4].
Baʼzi mamlakatlarda koʻchadagi jinsiy zoʻravonlik, jinsiy haqorat qilish va jinsga asoslangan kamsituvchi izohlar qonun bilan jazolanadi (masalan, Filippinda xavfsiz joylar toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻatiladi. Fransiyada esa maʼmuriy jarimalar belgilanadi).
Ish joyida taʼqib qilish juda tez-tez takrorlansa yoki ogʻir boʻlsa, u dushmanlik va haqoratli ish muhitini yaratsa, yoki ish bilan bogʻliq salbiy qarorlarga olib kelgan holatlarda (masalan, taʼqib qurbonini ishdan boʻshatish yoki lavozimini pasaytirish hamda jabrlanuvchini shunday qaror qabul qilishga yaʼni shu sababga koʻra ishini tark etishiga majburlaganda) noqonuniy boʻlishi mumkin. Zoʻravonlik qiluvchi jabrlanuvchining rahbari, xodimi yoki mijozi boʻlishi mumkin[5]. Ish joyidagi jinsiy zoʻravonlik (nopok va qoʻpol soʻzlar, shuningdek, jismoniy tajovuz koʻrinishida) har doim ham nafs bilan emas, balki hokimiyatga boʻlgan nafsni qondirish uchun ham qilinishi mumkin[6].