Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi (ITQ) (usmonli turkcha: اتحاد و ترقى جمعيتی), keyinchalik Ittifoq va taraqqiyot partiyasi (usmonli turkcha: اتحاد و ترقى فرقهسی) 1889—1926-yillarda Usmonlilar imperiyasi va Turkiya Respublikasida faoliyat yuritgan yashirin inqilobiy tashkilot va siyosiy partiya. Yosh turklar harakati ichidagi yetakchi fraksiya sifatida mutlaq monarxiyani tugatgan hamda Ikkinchi Konstitutsiyaviy davrni boshlab bergan 1908-yilgi Yosh turklar inqilobini yuzaga keltirgan. 1913-yildan 1918-yilgacha ITQ imperiyani avtoritar[26][27] bir partiyali davlat sifatida boshqargan. Mazkur hukumat Usmonlilar davrining soʻnggi davridagi etnik yoʻq qilish siyosatining bir qismi boʻlgan arman, yunon va ossuriya xalqlariga qarshi genotsidlar sodir etgan[28]. ITQ koʻproq Yosh turklar harakati bilan bogʻlangan va partiya aʼzolari koʻpincha „Yosh turklar“ deb atalgan. Biroq mazkur harakat doirasida boshqa siyosiy partiyalar ham shakllangan. Usmonli imperiyasida partiya aʼzolari İttihadcılar („Ittifoqchilar“) yoki Komiteciler („Qoʻmitachilar“) nomlari bilan tanilgan[29].
Ittifoq va taraqqiyot partiyasi اتحاد و ترقى فرقهسی İttihad ve Terakki Fırkası | |
---|---|
Qisqartma |
İ-T or İTC or İTF (Turkchada) ITQ yoki ITP (oʻzbekchada) |
Yetakchi |
Talʼat posho (1908–1918) Ahmet Rıza (1897–1908) |
Bosh kotib | Mithat Şükrü Bleda (1911–1917)[1][2][3] |
Asoschilari |
Ibrahim Temo[4] Mehmed Reshid Abdullah Cevdet İshak Sükuti Kerim Sebatî |
Tashkil etilgan |
6-fevral, 1889-yil (135 yil avval) (1889-02-06) (tashkilot sifatida)[5] |
Tugatilgan sana | 1-noyabr, 1918-yil (105 yil avval) (1918-11-01) |
Voris partiya |
Respublika Xalq partiyasi[6][7][8] Usmoniy liberal xalq partiyasi[9][10] Yangilanish partiyasi[11] |
Shtab kvartiralari |
Pembe Konak, Nuruosmaniye, Istanbul, Usmoniylar imperiyasi |
Gazetasi | Meşveret, Tanin[12] and others[13] |
Harbiylashgan qanot | Maxsus tashkilot[14] |
Aʼzolik (1909) | 850,000 |
Ideologiyasi |
|
Siyosiy pozitsiyasi | Sinkretik |
Shiori | „Ozodlik, Tenglik, Adolat“[25] |
Deputatlar palatasi (1914) |
192 / 275 |