Indoneziya geografiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Indoneziya dunyodagi eng katta arxipelag mamlakat hisoblanadi. Indoneziya gʻarbdan sharqqa — 5120 km masofaga choʻzilgan, shimoldan janubga −1760 km masofaga choʻzilgan. Hind okeanidan Tinch okeanigacha boʻlgan asosiy dengiz yoʻllari arxipelagdan va janubiy suv hududlaridan oʻtadi. Rasmiy statistika Indoneziyada 17 804 ta orolni oʻz ichiga oladi; shundan 6000 ga yaqini aholi istiqomat qiladi, 7870 tasi nomli va 9634 tasi nomsiz orollar hisoblanadi. Indoneziyaga 5 ta asosiy orol, 2 ta yirik orol (Kichik Sunda va Molukkas) va 30 ta kichik arxipelag kiradi. Eng yirik orollar: Yangi Gvineya, Kalimantan (Borneo), Sumatra, Sulavesi (Celebes) va Yava orollari hisoblanadi. Qolgan orollar ancha kichikroq. Mamlakat ekvatorning ikkala tomonida joylashgan. Arxipelag Tinch okeani va Hind okeanlarini ajratib turadi.
Indoneziya hududi:
- jami — 1 904 569 km²;
- yer maydoni — 1 811 569 km²;
- ichki suvli hududlar — 93 000 km².
Quruqlik chegarasining umumiy uzunligi 2830 kmni tashkil etadi, shundan Malayziya bilan — 1782 km, Papua-Yangi Gvineya bilan — 820 km, Sharqiy Timor bilan — 228 km. Sohil chizigʻi: 54,716 kmni tashkil etadi. Indoneziyadagi eng baland joyi Yaya togʻi (4884 m), ikkinchisi Mandala togʻi (4760 m) hisoblanadi.
Butun hududning atigi 10 %i qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar hisoblanadi.