Himoyachi (futbol)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Himoyachi (inglizcha: defender; eskirgan nomi bek yoki fulbek, ingliz tilidan back — orqaga) — himoya funksiyalarini bajarishga ixtisoslashgan oʻyinchi. Futbolda darvozabon va yarimhimoyachilar oʻrtasida, asosan maydonning oʻz yarmida va koʻpincha oʻz jarima maydonchasi yonida oʻynaydi. Uning asosiy maqsadi — raqib hujumchilarining gol urishi, toʻp bilan oʻynashi, darvozaga yaqinlashishi, darvozaga zarba berishini oldini olishdir.