Hasanboy Doʻsmatov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (oʻzbekcha: Дўсматов Хасанбой Марфжон ўғли; 24-iyun, 1993-yil, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — birinchi vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yil Olimpiyada chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi[2]. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan[3]. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan[4].
Hasanboy Doʻsmatov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Doʻsmatov Hasanboy Marufjon oʻgʻli |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
24-iyun 1993-yil (1993-06-24) (30 yosh) Andijon |
Boʻyi | 159 sm |
Vazni | 49 kg |
Sport | |
Qaysi sport | boks |
Klubi | Uzbek Tigers |
Faol tomoni | chapaqay |
Murabbiy(lar)i | Ziyovutdin Toygʻonboyev |
Medallar | |
[1] |