Gʻarbiy Yangi Gvineya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻarbiy Yangi Gvineya - Indoneziyaga qarashli Yangi Gvineya orolining gʻarbiy qismining nomi, ikkita viloyat: Papua va Gʻarbiy Papuadan iborat. 1969-yilda Indoneziya tarkibiga kiritilgan Gʻarbiy Yangi Gvineya ilgari Niderlandiya Yangi Gvineya va Gʻarbiy Irian hududlarga boʻlingan edi.
Gʻarbiy Yangi Gvineya hududi 1969-yilda Indoneziya tomonidan "Erkin tanlov toʻgʻrisida" gi qonunga muvofiq qoʻshib olingan. 2003-yilda Indoneziya hukumati Irian Jaya hududi, uchta viloyatga boʻlinishini aytdi: Papua, Markaziy Irian Jaya va Gʻarbiy Irian Jaya viloyatlariga boʻlinishi eʼlon qilindi. Biroq bu qaror mahalliy aholi orasida jiddiy norozilik bilan kutib olindi. Indoneziya Oliy sudining qarori natijasida Markaziy Irian Jaya provinsiyasini tashkil etish haqidagi qaror bekor qilindi. Gʻarbiy Irian Jaya oʻsha paytda (06.02.2006) yaratilgan edi, ammo uning kelajagi hali ham noaniqligacha qolgan edi. 2007-yil 7-fevralda u Gʻarbiy Papua provinsiyasi deb oʻzgartirildi.