Fudziyama
Yaponiyaning eng baland togʻi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Fudziyama, Fudzi, Fudzisan (aynlar tilida Fusxi — olov maʼbudasi, yaponcha yama, san — togʻ) — Xonsyu orolidagi soʻnmagan vulkan, Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Tokio shahridan taxminan 100 km janubi-gʻarbda bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. Soʻnggi bor 1707—1708-yillarda otilgan. Krateri toʻgʻri konus shaklida, diametri 700 m, chuqurligi 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yon bagʻirlari doim yashil oʻrmon va butazorlar. Milliy bogʻ tarkibida. Fudziyama — yaponlarning "muqaddas togʻi". Turistlar koʻp boradi.
Qisqa faktlar Fudziyama yaponcha: 富士山, Boshqa nomi ...
Fudziyama yaponcha: 富士山 | |
---|---|
Fudziyamaning Ovakudani togʻidan koʻrinishi | |
Boshqa nomi | Fudzisan |
Joylashuvi | Fudzi-Xakone-Izu milliy bogʻi |
Koordinatalar | 35°21′38″N 138°43′39″E G O |
Balandligi | 3775.63 m |
Kislorodni ilk chiqishi | 663-yil |
Eng qulay yoʻl | piyoda yurib chiqish |
100 000 yil |
Yopish