Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Ozarbayjon Demokratik Respublikasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati (ozar. آذربایجان خلق جمهوریتی) yoki Ozarbayjon Demokratik Respublikasi (Qisqacha nomi: Ozarbayjon Jumhuriyati yoki Ozarbayjon Respublikasi[1]) —Ozarbayjon xalqining Chor Rossiyasiga qarshi Milliy ozodlik kurashi natijasida I jahon urushi davrida Shimoliy Ozarbayjonda tuzilgan mustaqil davlat va Musulmon Sharqida ilk parlament respublika. Poytaxti avval Ganja, keyin Boku shahri bo‘ldi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasining paydo bo‘lish davrida Janubiy Kavkazda ozarbayjonlar yashagan hududlar taxminan 150 ming kv.km ga yaqin edi. 1918-yilda Janubiy Kavkazda mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, qadimgi Ozarbayjon tuproqlarining bir qismida Armaniston Respublikasi yaratildi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati Ozarbayjonning qadimgi madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan, sobiq Irevan xonligi poytaxti hisoblangan Irevanni ham armanlarga berib yuborishga va uni yangi tuzilgan Armaniston Respublikasining „Siyosiy markazi“ sifatida tan olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Janubiy Kavkaz respublikalari orasida chegara masalalari qisman tartibga solingach, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Janubiy Kavkazdagi tarixiy Ozarbayjon yerlarining 113,9 ming kv. km-ni[2] qamrab olardi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi aholisi 3,3 milliondan ko‘p edi.
Maqom | Andoza:Davlat bilgiqutisi/status text | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Parlament raisi | |||||||||||||
• 1918 — 1920 |
Alimardon Topchubashov | ||||||||||||
|
Davlat hokimiyati uch qismdan iborat edi: Ozarbayjon Parlamenti, Hukumat, sud hokimiyati. Davlat parlament qabul qilgan qonun va qarorlar asosida boshqarilardi. Parlamentda Ozarbayjon hududida yashagan barcha xalqlar, shu jumladan, miqdor jihatdan oz bo‘lgan xalqlar ham o‘z deputatlari bilan ishtirok eta olardilar. Ijro hokimiyati Hukumatga tegishli edi. Hukumat Parlamentga tobe edi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati 1918-yil 28-maydan 16-iyungacha Tbilisida, 16-iyundan 17-sentyabrgacha Ganjada, 17-sentyabrdan 1920-yil 28-aprelgacha Bokuda faoliyat ko‘rsatdi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi Parij Bitim Konferensiyasi qaroriga asosan mustaqil davlat sifatida tan olingandi. Dunyoning bir qancha mamlakatlari bilan elchilik va konsullik miqyosida diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar, shartnomalar tuzilgandi. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi mustaqil sud tizimining tuzilishida ham muhim chora-tadbirlar amalga oshirilgandi.
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 1920-yil 28-aprelda xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzgan RSFSR ning harbiy harakatlari natijasida yo‘q qilindi. Shimoliy Ozarbayjon rus-bolshevik qo‘shinlari tomonidan bosib olindi va qaytadan Rossiyaga bo‘ysundirildi. 1991-yilda Sovet Sotsialist Respublikalari Ittifoqi parchalanishi natijasida Ozarbayjon xalqi Shimoliy Ozarbayjonda davlat mustaqilligini qayta tikladi. Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon Demokratik Respublikasining vorisi hisoblanadi.