Foydalanuvchi:Furqatlik/qumloq
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yangi Zelandiya iqtisodiyoti — erkin bozor tamoyillariga asoslangan yuqori darajada rivojlangan iqtisodiyot[21]. Ushbu iqtisodiyot nominal YaIM boʻyicha jahonda 52- va Xarid Qobiliyati Pariteti indeksiga koʻra 62- eng yirik iqtisodiyotdir. Yangi Zelandiya dunyodagi eng globallashgan va xalqaro savdoga, asosan Xitoy, Avstraliya, Yevropa Ittifoqi, AQSh, va Yaponiya bozorlariga, yuqori darajada integratsiyalashgan iqtisodiyotlaridan biriga ega. Yangi Zelandiyaning Avstraliya bilan 1983-yilgi Yaqin Iqtisodiy Hamkorlik shartnomasi uning Avstraliya iqtisodiyoti bilan yaqin bogʼlanganini koʼrsatadi.
Oklend biznes markazining tungi koʻrinishi | |
Valyutasi | Yangi Zelandiya dollari (NZD, NZ$) |
---|---|
Moliyaviy yil |
1 Iyul– 30 Iyun[1] |
Savdo tashkilotlari |
APEC, JST and OECD |
Mamlakat guruhi |
|
Statistikalar | |
Aholi | 5,223,100 kishi (2023-yil iyun oyi holatiga koʻra)[4] |
YaIM | |
YaIM darajasi | |
YaIM oʻsishi |
|
Jon boshiga YaIM |
|
Aholi jon boshiga YaIM darajasi |
|
Tarmoqlar boʻyicha YaIM |
|
Inflyatsiya (INI) |
|
Qashshoqlik chegarasidan past aholi |
11.0% (nisbiy; 2014)[9] |
Ishchi kuchi |
|
Ishchi kuchi kasb boʻyicha |
|
Ishsizlik | |
Oʻrtacha yalpi ish haqi |
NZ$5,882 / $3,455.82 oylik[14] (2022) |
NZ$4,698 / $2,758.99 oylik[15][16] (2022) | |
Asosiy ishlab chiqarish |
Oziq-ovqatni qayta ishlash, Qishloq xoʻjaligi, Oʻrmonchili, Qoʻy yungi, Turizm, Moliyaviy xizmatlar |
▬ 1st (very easy, 2020)[17] | |
Eksport | $72.8 milliard (MY 2022/23)[18] |
Eksport tovarlari |
Sut mahsulotlari, go'sht, yog'och, meva, vino, stanok va boshqa qurilmalar, baliq va dengiz mahsulotlari |
Asosiy eksport hamkorlari |
|
Import | $88.8 milliard (MY 2022/23)[18] |
Import tovarlari |
Neft, avtomobillar, stanoklar va boshqa qurilmalar, elektronika, tekstil, plastik |
Asosiy import hamkorlari |
|
−$5.471 milliard (2017)[13] | |
Yalpi |
NZ$156.181 milliard (YaIMning 53%i) (2018-yil dekabr)[19] NZ$86.342 milliard (YaIMning 30.5%i) (2018-yil fevral)[20] |
Davlat moliyasi | |
▼ YaIMning 31.7%i (2017dan beri)[13] | |
Byudjet balansi |
+1.6% (YaIMning) (2017)[13] |
Daromadlar | 74.11 milliard (2017)[13] |
Asosiy maʼlumotlar manbasi: Markaziy razvedka boshqarmasi Jahon faktlar kitobi Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan. |
Yangi Zelandiyaning iqtisodiyoti rasmiy va norasmiy tashkilotlardan iborat boʼlib, ushbu tashkilotlar davlat va xususiy sektorga boʼlingan. Iqtisodiyot kuchli xizmat koʼrsatish sektoriga ega. 2013-yilgi jami YaIMning 63%i ushbu sektor hissasiga toʼgʼri kelgan[22]. Yirik orol davlat sifatida bir talay tabiiy resurslar va mineral boyliklarga egalik qiladi[23]. Sanoatning muhim ishlab chiqarish yoʼnalishlariga alyumin ishlab chiqarish, oziq-ovqatni qayta ishlash, metal ishlab chiqarish, hamda yogʼoch va qogʼoz sanoatlari kiradi. Konchilik, ishlab chiqarish, elektr energiya, gaz, suv, va chiqindilarni qayta ishlash YaIMning 16.5%ini tashkil etadi[22]. Birlamchi sektor Yangi Zelandiya eksportining YaIMning 6.5%ini tashkil etsa-da, hali ham eksport hissasida yetakchilikni saqlab qolmoqda[22]. Axborot texnologiyalari sektori esa tezlik bilan oʼsib bormoqda[24].
Yangi Zelandiyaning asosiy kapital bozori Yangi Zelandiya Exchange (NZX) boʼlib, NZXning umumiy bozor kapitallashuvi $226 milliardga baholanadi[25]. Yangi Zelandiyaning pul birligi Yangi Zelandiya dollari (norasmiy nomi "Kivi dollari") Tinch okeanining toʼrtta hududida amal qiladi. Yangi Zelandiya dollari jahon savdosida eng koʼp foydalaniladigan 10-raqamli valyutadir[26].