Evtanaziya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Evtanaziya (grekcha: ευ- „yaxshi“ + θάνατος „oʻlim“ baxtli, azobsiz oʻlim) – turli harakatlar yoki uskunalar bilan bemorning hayotini sunʼiy yoʻl bilan ushlab turgan qurilmalar ishini toʻxtatish orqali bemorning oʻz oʻlimini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirish. Koʻp hollarda evtanaziya bemorning iltimosiga koʻra amalga oshiriladi. Agar bemor ogʻir ahvolda boʻlsa uning yaqin qarindoshlari qaror chiqarishi mumkin. Evtanaziyaga koʻp davlatlarda ruxsat bor. Oʻzbekistonda evtanaziya qoʻllash taʼqiqlangan va bu mavzu haqida bahslar davom etmoqda.