Eton kolleji
From Wikipedia, the free encyclopedia
Eton kolleji (ingliz. Vindzor yonidagi Eton Xonimning Qirollik kolleji) oʻgʻil bolalar uchun Britaniya xususiy maktabidir. Kollej 1440-yilda qirol Genrix VI tomonidan qurilgan.Tashkil etilganidan buyon Buyuk Britaniyaning 20 nafar Bosh vazirlari ushbu kollejni tamomlagan. Devid Kemeron, Buyuk Britaniyaning amaldagi Bosh vaziri va Konservativlar partiyasi rahbari, Eton bitiruvchisi.
Eton kolleji Londondan 30 km gʻarbda, Temza qirgʻogʻida, Vindzor qal’asi yaqinida joylashgan. Maktabning rasmiy maqomi 13-18 yoshli oʻgʻil bolalar uchun internat maktabidir. Oʻqish yiliga 35,720 funt sterling yoki 55,630 dollarni tashkil qiladi. Jami Etonda 1300 nafar talaba tahsil oladi, ularning baʼzilari nufuzli Qirollik stipendiyalari oluvchilardir, shuning uchun ular pul toʻlamaydilar.