Buyuk Britaniya bayrogʻi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Buyuk Britaniya bayrogʻi (boshqa nomlari: Britaniya bayrogʻi, „Union Jack“)[4] — zamonaviy davlatning, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining (1922-yildan), shuningdek, poytaxti London boʻlgan bir qator tarixiy davlatlar, shu jumladan buyuk Britaniya oroli yerlarining davlat ramzlaridan biridir:
- Angliya va Shotlandiya mustaqil qirolliklari Ittifoqi (1603-1649 va 1660-1707).
- Angliya Hamdoʻstligi (keyinchalik Angliya, Shotlandiya va Irlandiya Hamdoʻstligi deb oʻzgartirildi) (1649—1660-yillarda)
- Buyuk Britaniya qirolligi (1707—1800-yillarda)
- Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi (1801—1927-yillarda)
- Britaniya imperiyasi (1603—1997-yillarda)
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi bayrogʻi | |
---|---|
Subyekt | Buyuk Britaniya |
Izoh | „Yunion Jek“ (inglizcha: Union Jack) |
Tasdiqlangan sanasi | 1 yanvar 1801 |
Qoʻllanilishi | |
Mutanosibligi | |
Avvalgi bayroqlar | |
Britaniya bayrogʻi oʻzining mavjudligi davomida oʻzgartirilgan va unda turli xil tasvir variantlari mavjud boʻlgan. Zamonaviy Britaniya bayrogʻida koʻk toʻrtburchakli panelda oq va qizil qiya xochlarning oʻrtasiga oʻrnatilgan oq qirrali qizil tekis xoch tasvirlangan. Geraldik tafsifga koʻra, ikki xil nisbat rasman tasdiqlangan: dengizdagi kemalar 1: 2 ga teng boʻlgan bayroqni ishlatadi va quruqlikda ishlatiladigan bayroq odatda 3:5 uzunlikdagi kenglik oʻlchoviga ega.
Rasmiy nomlari:[5]
- Union Jack (talaffuzi:Yunion Jek) : „Ittifoq geusi“
- Union Flag (talaffuzi:Yunion Fleg): „Ittifoq bayrogʻi“
"Union Jack" ning paydo boʻlishi va oʻzgarish tarixi |