Buxoro arki
Buxorodagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi qadimiy ark; atrofidagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda koʻtarilgan va taxminan 4 gektar maydonni egallagan monumental qal’a. Qalʼa Buxoroning eng qadimiy meʼmoriy va arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Bu qal’a tepalikni tashkil etgan koʻp asrlik vayronagarchilik qatlamlariga ega shaharning eng qadimiy qismi hisoblanadi.
Qisqa faktlar Umumiy maʼlumot, Turi ...
Buxoro arki | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Turi | ark |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | O'zbekiston |
Koordinatalar | 39/46/40/N/64/24/39/E |
Balandligi | 20 |
Bino atrofidagi yerlar | 4 ga |
Dizayn va konstruksiya | |
Quruvchi | Siyovush |
Vebsayt | |
http://bukhara-museum.narod.ru/ | |
Buxoro arki Vikiomborda |
Yopish
O‘z vaqtida Registon maydoni ustida qad ko‘targan Ark buyuklik, qudrat va o‘tib bo‘lmaslik timsoli bo‘lgan. Ark devorlaridan birida bir vaqtlar Buxoro amirligidagi qudrat ramzi bo‘lgan katta charm qamchi osilgan.